Andijon tumani “Zavroq” MFY körpaçilar mahallasi nomi bilan tanilgan. Mahalladagi köplab xonadonlar körpa-töşak tayyorlaş bilan şuğullanadi. Yöl böyida esa tayyor mahsulotlarni sotiş uçun qator dökonlar qurilgan.
Bir xonadondan kuniga örtaça 100 dona tayyor mahsulot işlab çiqariladi.
“Zavroqni hunarmandlar mahallasi ham deb aytişadi. Maşinaga çiqqanda: “Körpa-töşak qiladigan mahallaga olib borib qöying” desangiz, darrov tuşunişadi.
10 kişini iş bilan ta’minlaganmiz – ular mahalladagi uyuşmagan yoşlar, kelinlar, ayollar. Yarim tayyor mahsulotlarni xarid qilib, uni qayta işlab, aholiga, çetga tayyor mahsulot qilib beramiz”, – deydi tadbirkor Muqaddas Hojimatova.
Hozirda körpa-töşaklar içki va taşqi bozorda sotilmoqda. Taşqi bozorlar – Qirğiziston, Qozoğiston va Rossiya.
“Özim şartnoma asosida öqiyman. Şartnoma pulimni özim tölayman. Özimning xarajatlarimni ham qoplayman. Umumiy hisobda kuniga 100-150 ta mahsulot çiqaramiz.
Hamma işning öziga xos maşaqqati böladi. Mehr bilan iş qilsangiz, maşaqqati ham sezilmaydi”, – deydi yoş tadbirkor.

Bir kunda 100 ta mahsulot tayyorlansa, örtaça 2 million foyda köriladi. Hozirda mahsulotlar eksportini kengaytiriş reja qilinyapti.
Abduvali Qurbonov,
Kun.uz muxbiri.








