Hujjatda u boşqa işga ötişi munosabati bilan lavozimidan ketgani aytilgan.
Toşkent şahar prokurori lavozimida işlab kelgan Uluğbek Qosimov Surxondaryo viloyati hokimi vazifasini bajaruvçi etib tayinlandi.
Töra Bobolov 2019 yildan beri hozirgi vaqtga qadar Surxondaryo viloyati hokimi lavozimida işlab kelayotgandi.
U 2017-2019 yillarda Surxondaryo viloyati hokimining iqtisodiyot va tadbirkorlik masalalari böyiça birinçi örinbosari bölgan.

Öz navbatida, Uluğbek Qosimov 2021 yil fevral oyida Toşkent şahrining prokurori etib tayinlangandi.
Uluğbek Qosimov 1983 yilda tuğilgan, ma’lumoti oliy, huquqşunos. 2005 yilda Samarqand davlat universitetini tamomlagan.
Prokuratura organlaridagi iş faoliyatini 2005 yilda Denov tuman prokuraturasida boşlab, Surxondaryo viloyat prokuraturasi organlarida turli lavozimlarda, 2011 yildan Boş prokuratura boşqarma prokurori, Qumqörğon tuman prokurori, Surxondaryo viloyati Muzrabot va Denov tumanlarida hokim bölib işlagan.
U 2018 yilning noyabridan Surxondaryo viloyati prokurori lavozimida faoliyat körsatgan, 2019 yil sentabrida Farğona viloyatiga prokuror bölgandi.












