Maoshlaringizni oshirdik, kelajakda yana ko‘paytiramiz - Shavkat Mirziyoyev pedagoglar bilan muloqot qilmoqda
“Biz yigirma yildan ortiq ta’lim, maktab, darslik bilan shug‘ullanmadik. Xo‘sh, bundan kim yutdi?” - savol qo‘ydi prezident.
Ta’lim sifatida oshirishga bag‘ishlangan uchrashuvda davlat rahbari bugungi mavzu naqadar muhimligini yana bir bor ta’kidlab o‘tdi.
“Mana bugun ta’lim sifatini oshirish, yangi darsliklar masalasida gaplashamiz. Xo‘sh, bu yangi darsliklarni farzandlarimizga kim yetkazadi? Albatta muallim! Men bekorga muallimning obro‘sini ko‘tarish haqida takror-takror gapirmayman. Bugungi globallashuv davrida ta’lim, kelajak avlod barkamolligi qay darajada muhimligini yanayam kuchliroq anglab yetyapmiz.
Bugun yoshlarimiz, bolalarimizning o‘zi “Bizga kechagi kun ta’limi kerak emas” degan talabni qo‘yishyapti. Hozirgi islohotlarimizni reajalashtiryapmiz, katta-katta marralarni qo‘yyapmiz. Ularni aytish oson, lekin bajarish azob. Lekin har qancha qiyin bo‘lmasin biz farzandlarimiz uchun bu islohotlarni amalga oshirish uchun harakat qilishimiz shart.
Bugungi intiluvchi bolalar kelajakda sizning oltin fondingizga aylanadi. Ularning yutuqlaridan faxrlanasiz. “Men jonajon vatanim uchun qanday hissa qo‘shyapman?!” degan savolga javob o‘z ustimizda ishlashimiz va farzandlarimiz kamoloti bo‘ladi.
Yilimiz nomini ham ta’limga bog‘laganimiz bejiz emas. Bu masala mening doimiy diqqat markazimda bo‘ladi. Maoshlaringizni oshirdik, lekin bu bilan to‘xtab qolmaymiz. Imkoniyatimiz bo‘lishi bilan yana ko‘paytiramiz” – prezident so‘zlaridan iqtibos keltirmoqda Kun.uz muxbiri.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024