Binolar orasidagi yoriq yuzasidan universitet rahbariyati munosabat bildirdi. Unga köra, 2 sm yoriq eski va yangi bino örtasidagi çok bölib, universitetning yangi binosini quriş vaqtida yuzaga kelgan.

“Quruvçilar tilida bu issiq va sovuq ta’sirida doimiy harakatda böluvçi ikki bino orasidagi çokdir. Mutaxassislar tilida bu “Temperaturnyy şov” deyiladi. Bu holatning binoning çökişiga aloqasi yöq. Çunki eski va yangi binolarning poydevori ham bir-biridan alohida”, – deyiladi rasmiy izohda.

Qayd etilişiça, hozirda bino devoridagi yoriq xavfi darajasini örganiş maqsadida mutaxassislar jalb qilingan.

Şuningdek, holatni Quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi vazirligi ham örganayotgani, jarayonda quriliş va uy-joy kommunal xöjaligi sohasida nazorat inspeksiyasi xodimlari iştirok etayotgani ma’lum qilingan. Vazirlikka köra, tez orada örganiş natijalari böyiça töliq ma’lumot beriladi.