Xabarda aytilişiça, Özbekiston jurnalistika va ommaviy kommunikatsiyalar universitetida 12 aprelda boşlangan 2 haftalik karantin yakunlandi.

Qayd etilişiça, mazkur oliy ta'lim muassasasida ta'lim jarayoni onlayn tarzda davom ettiriladi.

OTM yotoqxonasida karantinga olingan talabalarga uylariga ketiş uçun 24 apreldan ruxsat beriladi.

Bundan oldin, Özbekiston davlat jahon tillari universiteti hamda Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universiteti 14 kunlik masofaviy ta'lim şakliga ötkazilgandi.

Şuningdek, Jahon iqtisodiyoti va diplomatiya universitetida ötgan hafta mobaynida ba'zi kam sonli talabalar orasida koronavirus infeksiyasi qayd etilgan. Şu munosabat bilan kasallikning talaba va öqituvçilar orasida tarqalişining oldini oliş maqsadida universitetda öquv jarayonlari 14 kunga masofaviy şaklga ötkazildi.

Bundan taşqari, 19 apreldan Toşkent davlat özbek tili va adabiyoti universiteti hamda Samarqand iqtisodiyot va servis instituti ham karantin sabab masofaviy ta'limga ötdi.

Şu kundan e'tiboran Özbekiston Milliy universiteti va Toşkent tibbiyot akademiyasi talabalar yotoqxonalari 14 kunlik karantinga yopildi.

Avvalroq, TATU Samarqand filiali, Çirçiq davlat pedagogika institutidagi bitta fakultet onlayn ta'limga ötkazilgandi.