Toshkentda maktab o‘quvchisi boshqa o‘quvchi qizlar tomonidan kaltaklandi
Yangihayot tumanidagi 331-maktabning yuqori sinfida tahsil oluvchi bir necha qizlar o‘zidan kichik bo‘lgan o‘quvchini kaltaklagani aks etgan videolar tarqaldi. Ta’kidlanishicha, 8-sinfda tahsil olayotgan qizga yengil tan jarohati yetkazilgan. Hozirda holat yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Foto: Videodan kadr
21 aprel kuni ijtimoiy tarmoqlarda Toshkent shahar Yangihayot tumanidagi 331-maktabda ta’lim oluvchi bir guruh qizlar o‘rtasida janjal kelib chiqqani ko‘rsatilgan video tarqaldi. Ma’lumotlarga ko‘ra, 2006 yilda tug‘ilgan H.S. va 2007 yilda tug‘ilgan D.U. qurilishi tugallanmagan obektda 2009 yilda tug‘ilgan S.X.ni urib, unga yengil tan jarohati yetkazishgan.
Toshkent shahar maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi xabar berishicha, voqea 12 aprel kuni darsdan so‘ng sodir bo‘lgan, uni o‘quvchilarning o‘zi tasvirga olib, tarmoqlarga tarqatgan.
«Ushbu holatdan maktab ma’muriyati 12 aprel kuni kechki payt xabar topgan. Ertasi kuni janjal ishtirokchilarining ota-onalari chaqirtirilib, ular bilan tushuntirish ishlarini olib borilgan. Voqea yuzasidan maktab ma’muriyati Yangihayot tumani IIO FMBga murojaat qilgan. Ayni paytda tergovga qadar tekshiruv ishlari olib borilmoqda», — deyiladi rasmiy izohda.
Poytaxt ichki ishlar bosh boshqarmasi janjal 13 aprelda yuzaga kelganini yozmoqda. Holat yuzasidan Yangihayot tumani IIO FMB Tergov bo‘limi tomonidan Jinoyat kodeksining 277-moddasi (Bezorilik) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda to‘y qilish tartibi yangilanadi
O‘zbekiston | 17:03 / 22.04.2025
Qulupnaychilar qishlog‘i: O‘qchidan reportaj
Jamiyat | 15:15 / 22.04.2025
Osiyo kubogi g‘oliblari tantanali kutib olindi - foto
Sport | 23:22 / 21.04.2025
Tramp Putinga muhlat berdi, Fransiya Falastinni tan olmoqchi - Geosiyosiy hafta tahlili
Jahon | 17:10 / 21.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Tramp Londondagi Ukraina muzokaralarini ijobiy baholadi
Jahon | 09:50
-
Agar AQSh yadro sinovlarini tiklasa, Rossiya ham shunday qilishi mumkin – Shoygu
Jahon | 09:50
-
Lavrov migrantlar orasida jinoiy guruhlar paydo bo‘lishining oldini olishga chaqirdi
Jahon | 09:49
-
Hindiston Kashmirdagi teraktdan keyin Pokistonga cheklovlar joriy qildi
Jahon | 09:30
Mavzuga oid

12:03 / 19.04.2025
“120 tezlikda tormoz ishlamay qoldi” – Namanganda ikki o‘quvchi ijaraga olingan Spark’da YTHga uchradi

20:42 / 17.04.2025
Xorazmda 7-sinf o‘quvchisi tungi klubda raqqosalik qilayotgani aniqlandi

07:40 / 16.04.2025
Namanganda 4-sinf o‘quvchisi Cobalt urib yuborishi oqibatida vafot etdi

11:29 / 10.04.2025