Futbol böyiça Özbekiston çempionatida qator klublarga ustozlik qilgan mutaxassis Viktor Jalilov  71 yoşida vafot etdi. Bu haqda ÖFA matbuot xizmati xabar berdi.

«Taniqli futbol mutaxassisi Viktor Jalilovning vafoti munosabati bilan marhumning yaqinlari va oila-a’zolariga çuqur ta’ziya va hamdardlik bildiramiz», deyilgan xabarda.

Viktor Jalilov 1952 yilda Toşkent şahrida tuğilgan. Futbolçilik faoliyatini «Paxtakor» va «Tekstilçi» (Namangan) klublarida ötkazgan.

Murabbiylik faoliyatini «Sohibkor» klubida boşlagan, keyinroq Toşkent viloyatining «Politotdel» klubida işlagan. 1995-1997 yillarda Namanganning «Navbahor» klubi boş murabbiyi sifatida faoliyat yuritgan va uşbu jamoaga tarixdagi birinçi va hozirgaça yagona bölib qolayotgan çempionlikni olib kelgan. 

U 2002 yilda «Paxtakor» klubi bilan ham Özbekiston çempioniga aylangan. Bundan taşqari, turli jamoalar bilan uç bor kumuş medal, tört bor bronza medallarni qölga kiritgan, Özbekiston kubogi uçun turnirlarda tört bor ğolib çiqqan. Uç marta Özbekistonda yilning eng yaxşi murabbiyi deb topilgan.

Murabbiylik faoliyati davomida Qaşqadaryo viloyatining «Maş’al» va Samarqand viloyatining «Dinamo» klublarida ham işlagan, 2015 yilda Özbekiston U-22 jamoasiga boş murabbiy etib tayinlangan.

Uning sönggi iş joyi «Navbahor» klubi bölgandi. U sönggi yillarda Namangan klubida boş murabbiy, 2022 yildan maslahatçi murabbiy sifatida Samvel Babayanga yordam berib kelayotgandi.