Jurnalistik suriştiruv korrupsiya va uyuşgan jinoyatçilikni tadqiq etiş markazi (Organised Crime and Corruption Reporting Project) — OCCRP saytida e’lon qilindi.

Suriştiruvning asosiy xulosalari

Savdo statistikasi 2022 yil avvalida Rossiyaning Ukrainaga keng miqyosdagi bosqinidan söng Qozoğistonga dronlar va mikroelektronika importi hajmi ösganini körsatmoqda. Qozoğistondan Rossiyaga dronlar va mikroelektronika eksporti ham sezilarli tarzda ösgan.

Uruşdan keyin ruslar tomonidan tuzilgan Qozoğiston kompaniyalaridan bu import uçun vositaçi sifatida foydalanilmoqda.

«Aspan Arba» («Samoviy arava») nomi ostida röyxatdan ötgan kompaniya dronlarni import qilib, ularni Rossiyadagi «Nebesnaya mexanika» kompaniyasiga eksport qilgan, u esa öz navbatida dronlarni harbiy taşkilotlarga sotgan. Bu ikki kompaniyaning egasi bitta.

Rus er-xotinga tegişli nemis kompaniyasi mikroçiplarni uruş boşlanganidan köp ötmasdan ularning öğli nomiga oçilgan Qozoğiston kompaniyasiga jönatib turgan. Öğil çiplarni Rossiyaga jönatgan.

* * *

Ha, dronlar Rossiya – Ukraina uruşida keng foydalaniladigan qurolga aylandi. Tadqiqotçilardan biri tomonidan tuzilgan ma’lumotlar bazasi Rossiya qöşinlari tomonidan pilotsiz uçar qurilmalardan foydalanişning önlab misollariga ega. Ularning aksariyati erkin savdoda bölgan yengil modellar bölib, razedka, artilleriya qurollari möljalini aniqlab beriş, propaganda roliklari işlaşda foydalaniladi. Ularning köpçiligi xorijda işlab çiqarilgan.

2022 yilning oktyabrida Kiyev markazida pilotsiz uçar qurilma zarbasidan ziyon körgan uy.
Foto: Zuma Press/Alamy Stock Photo

Nazariy jihatdan Rossiyaga pilotsiz uçar qurilmalar importi Ğarb sanksiyalari bilan yopilgan bölişi kerak edi. Biroq, amalda unga ega böliş imkoniyatlari oçiqligiça qolmoqda. Bu nafaqat dronlarga taalluqli. Raketalardan tortib, minasizlaştiriş uçun foydalaniladigan robotlarda işlatiladigan takomillaşgan mikroçiplar ham Rossiyaga xorijdan kirib kelişda davom etmoqda.