“WikiStipendiya” loyihasining ikkinchi mavsumiga start berildi
Loyihaning birinchi mavsumida o‘zbek tili Vikipediyadagi maqolalar soni bo‘yicha Markaziy Osiyoda 1-o‘ringa, dunyoda 45-o‘ringa ko‘tarilgan edi.

Foto: Yoshlar ishlari agentligi
Kecha, 30 may kuni Toshkentdagi “Kitob olami” majmuasida “WikiStipendiya” marafonining ikkinchi mavsumi boshlanishi oldidan matbuot anjumani o‘tkazildi.
Loyiha haqida
“WikiStipendiya” — ko‘p tilli, erkin internet ensiklopediya – Vikipediyada o‘zbek tilida yozilgan maqolalarni ko‘paytirishni maqsad qilgan tashabbus. Loyiha Yoshlar ishlari agentligi va tarmoqning o‘zbekistonlik administratorlari tashabbusi bilan o‘tkazilmoqda.
“WikiStipendiya” loyihasi boshlangandan buyon o‘zbekcha Vikipediyada sezilari o‘sish yuz berdi. Jumladan, oromgoh boshlangunga qadar Vikipediyada o‘zbek tilidagi maqolalar soni 224 ming 317 tani tashkil etgan bo‘lsa, dastlabki uch kunning o‘zida o‘sishlar soni qariyb 10 ming maqolaga yetib, jahon vikipediyalar tizmasida 45-o‘ringa ko‘tarildi hamda Markaziy Osiyoda birinchilikka chiqdi. Bundan avval ushbu o‘rinni qozoqcha Vikipediya egallab turgan edi. Ayni damda Vikipediyadagi o‘zbekcha maqolalar soni 233 mingga yetdi.
Matbuot anjumanida tashkilotchilar tomonidan ikkinchi mavsumda rejalangan loyihalar haqida ham ma’lumot berildi. Unga ko‘ra, ikkinchi mavsumda o‘zbekcha vikipediyadagi maqolalarni chet tillaridagi vikipediyalarga tarjima qilish, o‘zbekcha vikipediyada O‘zbekiston hududlari haqida ma’lumotlarni ko‘paytirish, statusli maqolalar tanlovini o‘tkazish kabi marafonlarni o‘tkazish rejalashtirilgan.
Tadbirda Kun.uz muxbiri tashkilotchilarga o‘zbek tilidagi maqolalar soni ko‘payib borayotgani bilan ularning sifati borasida hali muammolar ko‘pligi bo‘yicha savol bilan murojaat qildi.
Kanadaning Kuins universiteti doktoranti, Vikipediya administratori Nodir Atayevga ko‘ra, bu masala loyiha tashkilotchilariga ham yaxshi tanish va ikkinchi mavsumda maqolalarni sifatli qilib to‘ldirish ustida ham ishlanadi.
“Biz “WikiStipendiya” loyihasining birinchi mavsumida asosan songa e’tibor qaratgandik, mana endi ikkinchi mavsumda sifat ustida ko‘proq ishlamoqchimiz. Buning uchun O‘zbekistondagi universitetlar, yosh olimlar bilan ham hamkorlikni rejalashtirganmiz. Hozircha O‘zbekiston Milliy universiteti biz bilan shunday hamkorlikka rozi bo‘ldi. Qolgan universitetlarni ham hamkorlikka chaqiramiz.
Vikipediya tarmog‘ida o‘zbek tilidagi maqola va ma’lumotlar qancha ko‘paysa, bu barchamiz uchun foydali”, – dedi u.
“WikiStipendiya” loyihasi tashkilotchilari bugundan viloyatlarga yo‘l oladi va hududlardagi talabalar, loyihada qatnashishni istagan yoshlar bilan mahorat darslari o‘tkazadi. Safar davomida shuningdek, Vikipediyaga O‘zbekiston hududlari haqidagi eng yangi ma’lumotlarni kiritish, to‘ldirish marafoni ham o‘rin olgan.
Tavsiya etamiz
Aprelda qanaqa ob-havo kutilyapti?
O‘zbekiston | 12:09 / 28.03.2025
AQShda Isroilni tanqid qilgan turk talaba qo‘lga olindi
Jahon | 22:36 / 27.03.2025
Karmanada maktab o‘quvchisi oliygohga kirish uchun muddatidan avval maksimal ballni to‘pladi
Jamiyat | 20:18 / 27.03.2025
“Kontraktga kirsang o‘qita olmaymiz deyishgan” – orzular yo‘lida stereotiplarni yengib o‘tgan navoiylik qiz hikoyasi
Jamiyat | 20:50 / 25.03.2025
So‘nggi yangiliklar
-
AQSh Davlat departamenti Kongressni USAID tarqatib yuborilishi haqida xabardor qildi
Jahon | 00:27
-
AQSh harbiylar uchun miya implantlari ustida ish olib bormoqda
Jahon | 00:16
-
Toshkentda hayit namozi o‘qilishi munosabati bilan qator ko‘chalar yopiladi
Jamiyat | 23:27 / 28.03.2025
-
Ukraina armiyasi Belgorod oblastida bir necha aholi punktini egallagan: ko‘priklar portlatilmoqda
Jahon | 23:20 / 28.03.2025