Olimning so‘zlariga ko‘ra, faqat Ukrainadagi urushning birinchi yilida ishlab chiqarilgan zararli tashlamalar hajmi taxminan 120 million tonna CO2 ekvivalentini tashkil etdi.
«Avvalo, bu, albatta, insoniyat fojiasi. Lekin atrof-muhitga zarar ham ko‘p», dedi de Klerk dpa nashriga bergan intervyusida.
5 iyun, dushanba kuni Bonnda BMTning iqlim o‘zgarishi bo‘yicha ikki haftalik konferensiyasi (SB58) boshlandi, uning davomida butun dunyodan kelgan delegatlar COP28 iqlim konferensiyasiga yechimlar tayyorlashi kutilmoqda. COP28 30 noyabrdan 12 dekabrgacha Dubayda o‘tkazilishi rejalashtirilgan.











