Qulay geografik joylaşuv

Orol-7 yoki Kantubek şahri, öşa paytlarda suvga töla bölgan Orol dengizidagi orollardan biri — Uyğoniş orolida qurilgan. Bu yer maxfiy şahar quriş uçun ideal joy edi: aholi yaşaş manzillaridan uzoqda, suv bilan öralgan, himoya qiliş uçun qulay.

Orolda biokimyoviy poligon quriş rejasi 1930-yillardayoq bölgan. Ikkinçi jahon uruşi bu jarayonni tezlaştirgan. Sovetlar Germaniya qöliga tuşişidan asraş maqsadida Tver oblasti Seliger kölidagi Gorodoml orolida joylaşgan biologik laboratoriyani avval Kirovga, söng Saratov va nihoyat Uyğoniş oroliga evakuatsiya qilgan.

Kantubek şahri aerodromi
Foto: Wikipedia

Şoşilinç köçiriş sabab orol hali insonlari yaşaşi uçun töliq tayyor bölmagan. 1954 yildan orolda aholi (muddatli harbiy xizmatçilar, harbiylar, xodimlar va ularning oila a’zolari) istiqomat qilişi uçun binolar qurila boşlangan.

Keyinroq yopiq Orol-7 şahri sodir bölayotgan voqealarni nazorat qiliş uçun Orol-5 («Ural») harbiy şahri ham qurilgan. Bu şaharga harbiy polk joylaştirilgan va orol himoyasi bilan şuğullangan.

Öşa paytda heç kim 50-60 yildan keyin katta Orol dengiz qurişi va Uyğoniş oroli quruqlik bilan birlaşişini tasavvur ham qilmasdi.

Şuni aytib ötiş kerakki, şahar Özbekiston hududida joylaşganiga qaramay, uning faoliyati Qozoğiston tomonidan nazorat qilingan.

Foto: Wikipedia

Maxfiy şahar va undagi tajribalar

Kantubekdagi, nafaqat, biokimyoviy laboratoriya, balki aerodrom ham juda kamyob inşootlardan edi. Bu aerodrom törtta uçiş-qöniş yölagi bölgan SSSRdagi yagona aerodrom hisoblangan. U «şamol atirguli» (şamol yöllarini tavsiflovçi vektorli diagramma) uslubida qurilgan bölib, bu kuçli şamol şaroitida (orolda doim kuçli şamollar kuzatilgan) har qanday turdagi samolyotlarni qabul qiliş uçun zarur edi. Qöniş yöllari şamol yönalişiga mos ravişda qurilgan va har qanday samolyot har doim öziga qulay qöniş yölagini tanlaş imkoniga ega bölgan.