Prezident administratsiyasi huzuridagi Axborot va ommaviy kommunikatsiyalar agentligi hamda “Yuksaliş” umummilliy harakati tomonidan mamlakatda internet foydalanuvçilari hamda OAVga doir ayrim raqamlar e’lon qilindi.
Ma’lum qilinişiça, 2016 yildan buyon Özbekistonda OAVlar soni 41 foizga oşgan.

Xususan, röyxatdan ötgan telekanallar soni 65 tadan 84 taga (+29%), internet naşrlar 395 tadan 745 taga (+88%) yetgan. Şu davrda gazetalar soni 691 tadan 631 taga kamaygan (-9%).
2016 yilda faol blogerlar 50 dan ortiq bölgan bölsa, hozirga kelib ularning soni 1 200 dan oşadi. Umumiy olganda jami OAVlar soni mazkur davrda 1514tadan 2140taga oşgan.
Özbekistondagi internet foydalanuvçilari soni 2014 yilda 14,7 milliondan 2023 yilga kelib 31 million nafarga yetgan. Bu raqamlarning asosiy qismi ijtimoiy tarmoqlar foydalanuvçilariga töğri keladi.
Özbekistonliklar eng köp foydalanadigan tarmoq – Telegram messenjeri bölib, unda 30,6 milliondan ortiq özbekistonlik foydalanuvçi bor. Keyingi örinda qiziq ravişda Odnoklassniki ijtimoiy tarmoği turibdi – 18 million özbekistonlik unda foydalanişi aytilgan AOKA tahlilida.

Meta kompaniyasining 2 ta asosiy dasturi Facebook va Instagram'da mos ravişda 7,6 million va 7,1 million nafar özbekistonlikning akkaunti bor. Yangi davrda uzoq vaqt blokda qolgan Twitter'da esa bor-yöği 148 ming nafar özbekistonlik akkaunt oçgan. Vkontakte foydalanuvçilari soni 1,4 million nafarda oşadi (Rossiyada mehnat qilayotgan muhojirlar hisobiga kattaroq köriniş olgan bölişi mumkin). Muloqotdan taşqari, asosan yangi iş örinlari va özining kasbiy muvaffaqiyatlarini e’lon qilib boruvçi platforma – LinkedIn'dagi özbekistonliklar soni 500 mingdan oşgan.
Bugun Özbekiston jamiyatidagi muammolarga tezkor reaksiya va faol munosabat bildirişda yuqoridagi tarmoqlarning eng faollari sifatida Telegram, Instagram, Facebook va Twitter'ni keltiriş mumkin. Tahlillarda, şuningdek, .uz domenida ham faollik oşganini kuzatiş mumkin.
Ma’lum bölişiça, bugungi kunda AOKA 6 ta eng maşhur ijtimoiy tarmoq va xosting ma’muriyatlari bilan aloqalar örnatgan. Natijada soxta va noqonuniy ma’lumotlar tarqalişiga qarşi agentlik tomonidan 5402 ta xabarnoma yuborilgan. AOKA bu xabarnomalar kimga yuborilganiga: post/izoh mualliflarigami yoki ijtimoiy tarmoq ma’muriyatigami, aniqlik kiritmagan.









