Chevrolet Traverse 2024 taqdim etildi. Uning dizayni katta o‘zgarishlarga uchragan

Foto: Traverse
Chevrolet Traverse'ning uchinchi avlodi taqdim etildi. Katta krossoverda uch qator o‘rindiqlar saqlab qolingan, tashqi ko‘rinish katta o‘zgarishga uchragan, dvigatel ham yangilangan.
Xaridorlarga avtomobil 7 yoki 8 o‘rindiqli variantda taqdim etiladi. U uchhududli iqlim nazorati, 360 darajali kamera, adaptiv kruiz nazorati bilan ta’minlangan. Audiotizimga esa Bose javob beradi. Rul va dastlabki ikki qator o‘rindiqlari sovuq kunlarda isitish funksiyasiga ega. Shuningdek, parkovka qilish yordam beradigan, orqadagi yo‘lovchidan ogohlantiruvchi funksiyalar ham mavjud.
Ikki ekran o‘rnatilgan: 11 dyuymli va 17,7 dyuymli. Iqlim nazoratini sensor panel orqali boshqarish mumkin.
Eski modelda 3,6 litrlik V6 dvigateli o‘rnatilgandi. Yangilangan model 2,5 litr hajmli 319 ot kuchini beradigan turbomotor bilan jihozlangan. U esa 8 pog‘onali avtomat uzatmalar qutisi bilan birgalikda ishlaydi.
Radiator panjarasi, tomdagi reylinglar, shuningdek, moldinglar qora rangda. 22 dyuymli g‘ildiraklar ham shunga monand dizaynda ishlangan.
Shevrolet Traverse'ning 3-avlodini ishlab chiqarish General Motors’ning Michigandagi zavodida yo‘lga qo‘yiladi. Modelning AQShdagi ilk savdolari 2024 yilning birinchi choragida boshlanishi kutilmoqda.
Hozircha narxlar borasida rasmiy ma’lumot mavjud emas.
Ma’lumot uchun, Traverse'ning 2-avlodi O‘zbekistonda rasman 737 730 560 (63,5 ming dollar) so‘mdan sotuvga qo‘yilgan.
Tavsiya etamiz
Muddat qo‘yuvchi Tramp: buning oxiri bormi?
Jahon | 22:09 / 24.04.2025
Toshkentda avtomobilni ro‘yxatdan o‘tkazish uchun onlayn ariza berish mumkin bo‘ldi
O‘zbekiston | 20:34 / 24.04.2025
Stomatologiya poliklinikalari xususiylashtiriladi
O‘zbekiston | 10:56 / 24.04.2025
Bojxonadagi cheklovlar: fuqaro bojni to‘lay olmasa, nima bo‘ladi?
O‘zbekiston | 22:43 / 23.04.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Amerikalik sobiq kongressmen Jorj Santos firibgarlik uchun yetti yilga qamaldi
Jahon | 01:32
-
Rossiyada migrantlarning farzandlarini bog‘chaga qabul qilishda qo‘shimcha hujjatlar talab etilishi mumkin
Jahon | 00:41
-
Britaniyada saratonni kasallik belgilari paydo bo‘lishidan oldin aniqlashga qodir qon tahlili ishlab chiqildi
Jahon | 23:42 / 25.04.2025
-
Samarqandda o‘quvchiga tashlanib, unga tazyiq o‘tkazgan o‘qituvchi ishdan olindi
Jamiyat | 23:22 / 25.04.2025