Toşkent metrosining “Buyuk ipak yöli” bekatida Face ID qurilmalari paydo böldi. Poytaxt metropoliteni rasmiylarining Kun.uz'ga ma’lum qilişiça, bu FacePay tizimi bölib, u orqali yölovçilarning yuzini identifikatsiyadan ötkaziş va ularga masofadan tölov qiliş imkoniyati yaratildi. Ya’ni metrodan foydalanuvçilar qoğoz çipta, ATTO yoki bank kartalarini işlatmay turib, Face ID yordamida turniketdan ötib ketişlari mumkin.
Bu amaliyot ATTO (avtomatlaştirilgan tölov tizimi operatori) tomonidan hozirça faqatgina şu bekatda işga tuşirilgan. Tajriba-sinov muvaffaqiyatli ötsa, boşqa metro bekatlarida ham yangi tölov şakli joriy etilişi kutilmoqda.
Kun.uz qurilmaning qanday işlaşini tuşuniş uçun ATTO bilan boğlandi. Tizim rahbarining örinbosari Abduğofur Nurmatovning aytişiça, Face ID işlaşi uçun avvalo yölovçilarning yuzi haqidagi ma’lumotlar qurilmaning bazasiga kiritilişi lozim. Buning uçun yölovçi ATTO maxsus ilovasiga kirib, tegişli funksiyani faollaştiriş orqali öz yuzini skanerlaşi kerak.
Ilovaga kirilganda transport karta balansini körsatuvçi panelning öng burçagida FacePay tugmasi bor, şu tugma bosiladi va yölovçining yuzi suratga olinadi. Şundan söng, ma’lumotlar bazasiga uning surati qöşilgani, tizim faollaştirilgani haqidagi ma’lumot körinadi.

Keyin esa ATTO transport kartasida pul bölsa, tölovni Face ID orqali amalga oşiriş mumkin böladi.Ta’kidlanişiça, bu tizimni işga tuşiriş uçun Rossiyaning VisionLabs kompaniyasi bilan hamkorlik qilinib, uning qurilmalaridan foydalanilmoqda.
ATTO rahbari örinbosariga köra, FacePay tizimidan köplab xorij mamlalakatlarining jamoat transportida foydalanib kelinadi, ulardan andoza olingan holda bu amaliyot Özbekistonda ham yölga qöyilmoqda.
Şuningdek, mas’ulga köra, yuz orqali tölov qiliş IOS qurilmalari hamda Android operatsion tizimidagi gadjetlarda ham işlayapti.
Eslatib ötamiz, Toşkent metrosining aynan şu bekatida FacePay tizimi avval ham joriy etilgandi. Ammo keyinroq qurilmalar olib taşlangandi.












