Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Sergelidagi portlash yuzasidan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan bo‘lib, kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda.
Foto: Kun.uz
Toshkent shahar Sergeli tumanidagi favqulodda holat yuzasidan IIV Tergov departamenti tomonidan Jinoyat kodeksining 259-moddasi (Yong‘in xavfsizligi qoidalarini buzish) 2-qismi “a” va ”b” bandlari bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atildi. Bu haqda IIV axborot xizmati xabar bermoqda.
Joriy yilning 28 sentabr kuni soat 02:43 da Toshkent shahri, Sergeli tumani, Xonobod ko‘chasi 3-uy manzilida joylashgan Inter Logistics MChJga qarashli 18,4 gektar yer maydonda joylashgan omborxonada taxminan 10 000 kvadrat metr maydonda yong‘in kelib chiqqan.
Yong‘inning zarba to‘lqini natijasida omborxona atrofida joylashgan bir nechta ko‘p qavatli uylarga, binolarga hamda transport vositalariga shikast yetgan hamda fuqarolar jarohatlangan.
Ayni vaqtda, bir nafar 2006 yilda tug‘ilgan voyaga yetmagan fuqaro olgan jarohati oqibatida vafot etgani ma’lum bo‘lgan. Jarohatlangan fuqarolarga tez-tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda.
Hodisa tafsilotlarini o‘rganish bo‘yicha hukumat komissiyasi tuzilgan.
Hozirda jinoyat ishi yuzasidan tegishli idoralarning mutaxassislaridan iborat tergov-tezkor guruhi tuzilgan bo‘lib, yong‘in kelib chiqish sabablarini aniqlash maqsadida sudga oid tegishli ekspertizalar tayinlangan hamda kechiktirib bo‘lmaydigan tergov harakatlari amalga oshirilmoqda, deyiladi rasmiy xabarda.
Mavzuga oid
12:07 / 06.01.2026
Kiyevda harbiy xizmatchining avtomobili portlatildi: gumonlanuvchi bir necha soatda topildi
12:23 / 03.01.2026
Karakas janubida elektr uzildi: shaharda portlash ovozlari
17:35 / 01.01.2026
Shveytsariyadagi kurortda portlash: o‘nlab insonlar vafot etgani aytilmoqda
10:52 / 26.12.2025