Buyuk Britaniya Ukrainaga britaniyalik harbiy instruktorlarni yuborişni rejalaştirmayapti, dedi boş vazir Rişi Sunak 1 oktyabr, yakşanba kuni Sky News telekanaliga bergan intervyusida.
Avvalroq, ötgan oy bu lavozimga tayinlangan Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Grant Şepps The Sunday Telegraph gazetasiga bergan intervyusida Ukraina qurolli kuçlarini Buyuk Britaniya yoki boşqa Ğarb davlatlarida tayyorlaşdan taşqari, «oxir-oqibat» Ukrainaga harbiy instruktorlar yuborilişi mumkinligini aytgan edi.
Sunak bu sözlarni izohlar ekan, mudofaa vaziri uzoq kelajakda Ukraina hududida öquv maşğulotlarini ötkaziş imkoniyatini muhokama qilganini ta’kidladi. «Ammo hozir emas, bu uzoq muddatli istiqbolda yuz berişi mumkin. Hozirgi mojaroda heç qanday britaniyalik askar jangga yuborilmaydi», - dedi Sunak.
Şepps nima dedi
Şeppsning sözlariga köra, u Buyuk Britaniya Boş ştab boşliği Patrik Sanders bilan Ukraina Qurolli kuçlari harbiylarini britaniyalik mutaxassislar tomonidan bevosita Ukrainada tayyorlaş imkoniyatini muhokama qilgan.
«Ayniqsa, mamlakat ğarbida (Ukraina), menimça, «mamlakat içida» köproq şuğullaniş imkoniyati bor va bu şunçaki maşğulot bölmaydi. Masalan, biz BAE (Britaniya mudofaa kompaniyasi)ni tasavvur qilişimiz mumkin. U mamlakatda işlab çiqarişga ötadi», dedi vazir.
«Men Buyuk Britaniyaning boşqa kompaniyalari ham xuddi şunday qiliş orqali öz hissasini qöşişini istardim. Şuning uçun, menimça, köproq öqitiş va işlab çiqarişni mamlakatning öziga ötkazişda özgariş böladi», - deya qöşimça qildi Şepps.
Medvedev Britaniya mudofaa vazirining sözlariga javob qaytardi
Rossiya Xavfsizlik kengaşi raisi örinbosari Dmitriy Medvedev Şeppsning sözlarini şarhlar ekan, Ukrainadagi britaniyalik instruktorlar Rossiya qurolli kuçlari uçun «qonuniy nişon»ga aylanişini aytdi.
«Buyuk Britaniya mudofaa vaziri Ukraina askarlari uçun öqitiş kurslarini Ukraina hududiga köçirişga qaror qildi. Ya’ni, uning instruktorlarini qurolli kuçlarimiz uçun qonuniy nişonga aylantirişga qaror qildi», deb yozadi Medvedev.












