Namangan viloyati sobiq hokimi To‘lqin Jabborov vafot etdi
Namangan viloyatini 1996−2004 yillarda boshqargan hokim To‘lqin Jabborov 73 yoshida vafot etdi.

Foto: Namangan viloyati hokimligi matbuot xizmati
Davlat va jamoat arbobi, Namangan viloyatining sobiq hokimi To‘lqin Jabborov og‘ir xastalikdan so‘ng 73 yoshida vafot etdi.
To‘lqin Jabborov 1950 yilda Uchqo‘rg‘on tumanida tug‘ilgan. 1996–2004 yillarda Namangan viloyati hokimi lavozimida ishlagan. 2000–2005 yillarda Oliy Majlis deputati etib saylangan. 2001 yildan O‘zbekiston ayollar futboli assotsiatsiyasi raisi bo‘lgan.
«U rahbarlik qilgan yillarda asosiy e’tibor qishloq xo‘jaligiga qaratilgan bo‘lishiga qaramay, barcha sohalarda viloyat uchun samarali natijalarga erishilgan.
To‘lqin Jabborov rahbarligida qurilish sohasida ham salmoqli ishlar qilingan. Namangan shahriga ko‘rk berib turgan «Pahlavon» sport majmuasi bunyodkorlik salohiyati amaldagi ifodasi sifatida viloyat sportining «tashrif qog‘oz»laridan biriga aylangan.
«Navbahor» futbol jamoasi o‘z tarixida yagona bo‘lib turgan O‘zbekiston chempionligini qo‘lga kiritgan», deyiladi viloyat hokimligi matbuot xizmati xabarida.
Tavsiya etamiz
Hindiston va Pokiston: kimning armiyasi kuchliroq?
Jahon | 19:21 / 09.05.2025
Mafkuralar kurashi: 9 may aslida qanday kun?
O‘zbekiston | 14:22 / 09.05.2025
Qatiq, murabbo va yadro quroli. Putin yangi filmda nimalar dedi?
Jahon | 21:59 / 06.05.2025
Avtomobil importiga ekosertifikat – utilizatsiyaga qo‘shimcha “bonus”mi?
O‘zbekiston | 20:34 / 06.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Na ketishni bilamiz, na qolishni” - boysunliklar gaz hidi haqida
Jamiyat | 17:37
-
1 iyundan O‘zbekiston va Xitoy o‘rtasida 30 kunlik vizasiz rejim kuchga kiradi
O‘zbekiston | 17:29
-
Zarafshon daryosidan elektr toki yordamida baliq ovlagan shaxslar ozodlikdan mahrum qilindi
O‘zbekiston | 17:13
-
Uzbekistan Airways Islomobodga parvozlarni yo‘lga qo‘ymoqda
O‘zbekiston | 17:00
Mavzuga oid

08:31 / 09.05.2025
Hududlarda qariyb 88 kg giyohvandlik moddalarni olayotgan shaxslar ushlandi

14:57 / 08.05.2025
Toshkentda mingdan ortiq odamni chuv tushirgan shaxs ushlandi

17:00 / 03.05.2025
Norin daryosidagi orolchada qolib ketgan quruvchilar qutqarildi

10:14 / 02.05.2025