Falastinning HAMAS harakati harbiy qanoti qömondoni Muhammad al-Dayf Isroilga qarşi harbiy operatsiya boşlanganini ma’lum qildi.
«Birinçi bosqiçda Isroil pozitsiyalari 5000 ta raketa va minomyot snaryadlaridan öqqa tutildi», — dedi HAMAS qurolli qanoti qömondoni.
«Falastin xalqi öz inqilobini qayta kaşf etmoqda va davlat yaratiş loyihasiga qaytmoqda. Biz Isroilning qonunbuzarliklariga qarşi çiziq tortişga qaror qildik va Isroilga qarşi «Al-Aqso töfoni»ni boşladik», dedi al-Dayf.
Uning sözlariga köra, «Al-Aqso töfoni» operatsiyasi Isroil öylagani va kutganidan ança jiddiy böladi.
Falastinlik qömondon arab dunyosini Isroil okkupatsiyasini «yöq qiliş» uçun birlaşişga çaqirdi.
«Birinçi bosqiçda Isroil harbiy obektlari va havo bazalariga hujum qilindi. Isroil yönalişi böyiça raketalarni uçiriş davom etadi», deya ta’kidladi al-Dayf.










