Qonunçilik palatasidagi Özbekiston XDP fraksiyasining navbatdagi majlisida qator qonun loyihalari körib çiqildi.
“Ayrim qonun hujjatlariga yangi tahrirdagi Konstitutsiyani sözsiz amalga oşiriş va aholiga davlat xizmati körsatilişini yaxşilaşga qaratilgan özgartiriş va qöşimçalar kiritiş haqida”gi qonun loyihasi qizğin muhokama qilindi. Unda fuqarolarga pensiya tayinlaş bilan boğliq me’yorlar örin olgan.
Loyiha bilan “Fuqarolarning davlat pensiya ta’minoti töğrisida”gi va “Fuqarolarning jamğarib boriladigan pensiya ta’minoti töğrisida”gi qonunlariga tegişli özgartiriş va qöşimçalar kiritişni nazarda tutilmoqda.
Pensiyalarning eng kam miqdori belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emasligi belgilanmoqda. ÖzXDP fraksiyasi a’zolari bu me’yor partiya ğoyalari amalga oşişi kafolatini mustahkamlayotgani, pensionerlarning huquqlari himoyasi kuçaytirilayotganini qayd etdi.
Loyihadagi iş staji töliq bölmagan çoğdagi pensiyalar rasman belgilangan eng kam iste’mol xarajatlaridan oz bölişi mumkin emasligi haqidagi norma ham katta ijtimoiy ahamiyatga egaligi ta’kidlandi.
Loyihaga köra, fuqarolarning Davlat xizmatlari markazi yoki Yagona interaktiv davlat xizmatlari portali orqali pensiya tayinlaş uçun murojaat qiliş huquqini yaratiş, Pensiya jamğarmasi tomonidan Xalq bankiga axborot tizimi orqali elektron şaklda yuboriladigan fuqaroning pensionerligi haqidagi ma’lumotlar asosida jamğarib boriladigan pensiya tizimdagi tölovlarini oliş huquqini yaratiş nazarda tutilmoqda.
Deputatlar bunday tartib fuqarolarni ortiqça ovoragarçilik va yugur-yugurlardan himoya qilişini qayd etib, qonun loyihasini ma’qulladi.













