«Uni tok urmagan» – MMTB Toshkentda maktab o‘quvchisining tok urib vafot etgani aytilgan xabarlarga munosabat bildirdi
Boshqarmaga ko‘ra, 99-maktabning 8-sinf o‘quvchisi maktab hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida ahvoli yomonlashib, hushidan ketgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan bola o‘ziga kelmagan va vafot etgan.

Foto: Ijtimoiy tarmoqlar
Toshkent shahri Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan 99-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi ochiq elektr toki simiga tegib ketgani va tok urishi oqibatida hayotdan ko‘z yumgani haqidagi xabarlar yuzasidan Maktabgacha va maktab ta’limi bosh boshqarmasi rasmiy munosabat bildirdi.
Unga ko‘ra, 27 noyabr kuni taxminan soat 18:15 da maktabning 8-«I» sinf o‘quvchisi A.A. muassasa hovlisidagi sport maydonidan chiqib ketayotganida ahvoli yomonlashib, hushidan ketgan.
«Shu vaqtning o‘zida maktab qorovuli tomonidan tez tibbiy yordamga qo‘ng‘iroq qilingan. Tez yordam mashinasida Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markaziga olib ketilgan. Respublika ixtisoslashtirilgan kardiologiya markazi shifokorlari tomonidan yordam ko‘rsatilganiga qaramay A.A. o‘ziga kelmagan va vafot etgan», – deyiladi boshqarma izohida.
MMTB rasmiy munosabatida o‘quvchini tok urmagani va mazkur hududda hech qanday elektr toki kabeli uzilgan holat kuzatilmagani hamda maktab stadioni va uning atrofida elektr energiya uzatkichlari borligi aniqlanmaganini yozib o‘tgan. Biroq hozirda xabardan mazkur jumlalar olib tashlab, tahrirlab qo‘yilgan.
Boshqarma hozirda holat bo‘yicha huquq-tartibot idoralari tomonidan surishtiruv ishlari olib borilayotganini bildirgan.
Tavsiya etamiz
O‘zbekistonda keyingi hafta jazirama issiq bo‘ladi
O‘zbekiston | 15:46 / 13.06.2025
G‘arb Isroil Eronga zarba berishidan xavotirda. Bu haqda nimalar ma’lum va oqibatlar qanday bo‘lishi mumkin?
Jahon | 21:01 / 12.06.2025
Qizaloqqa qarshi armiya: Greta Tunberg G‘azoga yetib borolmadi
Jahon | 17:45 / 11.06.2025
So‘m 2 haftada 2 foizga mustahkamlandi. Qanday qilib?
Iqtisodiyot | 18:57 / 10.06.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Eron Isroilga yordam berayotgan davlatlarga zarbalar bilan tahdid qildi
Jahon | 17:16
-
“2000-yillar boshidagi daraja” – plastik karta egalari kartalarni yoptirishda byurokratiyaga duch kelyapti
Iqtisodiyot | 17:14
-
BMT dunyoda tug‘ilishning kamayishi sabablarini aniqladi
Jahon | 17:10
-
Dubaydagi 77 qavatli binoda yong‘in: qariyb 4 ming kishi evakuatsiya qilindi
Jahon | 17:05
Mavzuga oid

08:52 / 27.05.2025
1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalangan muzlatkich ombori aniqlandi

14:01 / 24.05.2025
O‘zbekistonda bolalar sayyohlik dasturi doirasida 1 mln o‘quvchi mamlakat bo‘ylab sayohat qilishi mumkin

08:40 / 23.05.2025
Toshkentdagi qurilish obektida 1,4 mlrd so‘mlik elektrdan noqonuniy foydalanildi

18:43 / 16.05.2025