Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Toshkentda maktab o‘quvchisi tok urishi oqibatida vafot etgani aytilmoqda
Voqea Mirzo Ulug‘bek tumanidagi 99-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan. Mas’ullar bolaning vafot etganini tasdiqladi. Hozirda o‘lim sabablari tekshirilmoqda.
Toshkent shahridagi filologiya maktabining 8-sinf o‘quvchisi ta’lim muassasasi hududidagi ochiq elektr toki simiga tegib ketgani va oqibatda tok urib, vafot etgani haqidagi xabarlar bo‘yicha Maktabgacha va maktab ta’lim vazirligi matbuot kotibi Dilfuza Sobirova Kun.uz’ga izoh berdi.
Uning ma’lum qilishicha, voqea chindan ham Mirzo Ulug‘bek tumanida joylashgan vazirlik huzuiridagi filologiya yo‘nalishiga ixtisoslashgan 99-maktabning yuqori sinf o‘quvchisi bilan sodir bo‘lgan.
«Bolani tok urgani tasdiqlanmagan, hozirda ekspertiza o‘tkazilyapti. Natijasini kutyapmiz»,– dedi Sobirova.
Holat yuzasidan tez orada to‘liq rasmiy ma’lumot berilishi kutilmoqda.
Mavzuga oid
11:53
Ehtiyojmand oilalarga elektr va gaz bo‘yicha kompensatsiya berilmoqda
15:41 / 07.01.2026
Diversiya tufayli Berlinda 25 500 kvartira elektrsiz qolmoqda
11:33 / 06.01.2026
Berlin blekauti: hokimiyat kabel yoqib yuborilishini “so‘l terrorizm” deb atadi
00:25 / 29.12.2025