— Zaxar Prilepinning Özbekiston haqidagi bayonotlari nimani anglatadi?

Kamoliddin Rabbimov: — Prilepinning tarjimayi holi bilan tanişdim. U 2010-2012-yillarda Putin va uning siyosiy tuzumiga qarşi aşaddiy muxolifatçi bölgan, “Putinsiz Rossiya” kabi muxolif loyihalarda iştirok etgan. 2014 yilda Qrim anneksiya qilingaç, u Putin tarafga ötgan.

Oxirgi yillarda, Ukrainaga uruş boşlanişidan oldin va keyin ham u Putinni qöllaşni kuçaytirgan. U – propagandaçi ham. Kremlga yaqin şaxslarni yaqinligiga köra 3 ta darajaga böladigan bölsak, u 2-darajadagi şaxslardan hisoblanadi. Sönggi yillarda bir qança ordenlar olgan, siyosiy partiya vakili va lideri. Şu kabi omillarni hisobga oladigan bölsak, uning gaplariga jiddiy e’tibor beriş kerak. Çunki Ukrainaga bostirib kirişdan oldin Prilepin bir neça yil davomida uruş tarğibotini olib borgan şaxs. Ayni şu odam Özbekistonga bostirib kiriş ğoyasini ilgari suryapti.

Nargiza Umarova: — Biz Prilepin iştirokidagi matbuot anjumanining qisqa bir epizodini kördik. Uning gaplariga jiddiy e’tibor beriş kerak, Rossiya propagandasining elementi sifatida qabul qiliş lozim.

Prilepin migrantlar, SSSR parçalanişi xato bölgani kabi gaplarni aytdi, bu signalni Putin ham yuborgan bir neça marta. Prilepinning gaplarida biroz mantiqsizlik ham kördim. Unga berilgan savol migrantlarning rus tilini bilmasligi haqida bölgan bölişi mumkin, u esa davlatlarni birlaştirib qöyaylik, deyapti. Vaholanki, ikki davlat örtasidagi kelişuvga köra, migrantlarga rus tilini boşlanğiç darajada va Rossiya tarixini biliş talabi qöyilgan. Şuning uçun Prilepinning gaplari içki auditoriyaga nisbatan bölgan deyiş mumkin.

Rossiya Ukraina ustidan ğalaba qilayotgani yöq hozirça, şu sabab içki auditoriyani ruhlantiriş uçun bölgan. Prilepin u yerda harbiy sifatida gapiryapti, uning atrofidagilar ham harbiylar edi. Prilepin Ukrainadagi uruşda ham iştirok etgan, jarohat sabab qaytgandi. Prilepin ötirgan auditoriya uning atrofidagi harbiy şaxslardan iborat edi, Özbekistonni bosib oliş haqida gap ketganda qöllab qarsak ham çalişdi.

Yana bir narsa. Bu yiğilişni efirga uzatgan – “Rossiya segodnya” mediakorporatsiyasi. Prilepin ortidagi bannerda “RIA Novosti”, “Sputnik” kabi katta davlat ommaviy axborot vositalarining nomi turgan edi. Şundan kelib çiqib aytiş kerakki, Prilepin bu gaplarni tasodifan gapirgani yöq.