Vladislav Davankov «Novyye lyudi»dan RF prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi
Birlashishga qaror qilgan «Novyye lyudi» va O‘sish partiyasi Davlat dumasi spikeri o‘rinbosari timsolida yagona nomzod ko‘rsatdi. 2024 yilgi prezidentlik saylovlarida ovoz berish uch kun davomida bo‘lib o‘tadi.

Foto: RIA Novosti / Kirill Zykov
«Novyye lyudi» partiyasining 24 dekabr, yakshanba kuni bo‘lib o‘tgan qurultoyida RF Davlat dumasi vitse-spikeri Vladislav Davankov Rossiya prezidentligiga nomzod sifatida ko‘rsatildi. Ovoz berishda 69 delegat ishtirok etdi va 39 yoshli siyosatchining nomzodi bir ovozdan qo‘llab-quvvatlandi.
Xuddi shu qurultoyda «Novyye lyudi» va O‘sish partiyasi birlashishga qaror qildi. Tegishli hujjatni ikkala siyosiy kuch yetakchilari – «Novyye lyudi» partiyasidan Aleksey Nechayev va O‘sish partiyasidan Boris Titov imzoladi. «Zamonamizning barcha sog‘lom kuchlari birlashishi kerak», deb tushuntirdi Nechayev. Shu bilan birga, prezidentlik saylovlarida har ikki partiya yagona nomzod ko‘rsatayotgani ma’lum qilindi.
Rossiya prezidenti saylovlarida boshqa nomzodlar
Rossiyada prezidentlik saylovlari 2024 yil 15-17 mart kunlari bo‘lib o‘tadi. Hozirgi davlat rahbari Vladimir Putin ham nomzod sifatida qatnashmoqda. Rossiya Liberal-demokratik partiyasidan uning rahbari Leonid Slutskiy, RFKPdan - Nikolay Xaritonov, «Fuqarolik tashabbusi»dan - Moskva viloyatidan deputat Boris Nadejdin oliy lavozimga nomzod sifatida ko‘rsatilgan.
«Rossiya umumxalq ittifoqi» konservativ partiyasi bo‘lajak saylovlarga o‘z raisi Sergey Baburin nomzodini ko‘rsatishga qaror qildi. Bundan tashqari, Donetskdagi rossiyaparast ayirmachilarning sobiq harbiy rahbari, tergov izolyatorida saqlanayotgan Igor Strelkov (Girkin) saylovlarda ishtirok etish istagini bildirgan.
Noyabr oyi o‘rtalarida rjyevlik jurnalist Yekaterina Dunsova Rossiya prezidentligiga nomzodini qo‘yish niyati borligini ma’lum qildi. Krasnoyarsklik ayol urushni to‘xtatish, demokratik islohotlar va siyosiy mahbuslarni ozod etish tarafdori. Biroq Markaziy saylov komissiyasi unga imzo to‘plashga ruxsat bermadi va buni hujjatlarida aniqlangan xatolar bilan izohladi.
Tavsiya etamiz
Modrich «Real»ni tark etadi
Sport | 20:38 / 22.05.2025
Suriya Isroil bilan murosa qiladimi?
Jahon | 15:40 / 22.05.2025
Sun’iy intellekt dunyodagi har to‘rtinchi ish o‘rniga ta’sir ko‘rsatmoqda - BMT
Jahon | 21:49 / 21.05.2025
Hindistonda firibgar kelin yetti oyda 25 nafar kuyovni aldadi
Jahon | 21:32 / 21.05.2025
So‘nggi yangiliklar
-
“Asialuxe Travel” bilan Sharm-el-Sheyxga: hammaga mos keladigan ritm
O‘zbekiston | 17:00
-
«So‘nggi qo‘ng‘iroq» tadbirlarida avtomobil boshqargan o‘quvchilar aniqlandi
Jamiyat | 20:21
-
G7 sammiti va Trampning bojlari: muzokaralarda aniq natijalar ko‘rinmadi
Jahon | 20:02
-
"Ha – yo‘q" radioo‘yini muallifining armonlari
Jamiyat | 19:35
Mavzuga oid

19:32
Rossiya va Ukraina 307 nafar harbiy asirni almashtirdi

14:39
Lavrov: Rossiya Vatikanda Ukraina bilan muzokara olib bormaydi

13:12
OAV Ukrainada 109 mingdan ortiq rossiyalik harbiy halok bo‘lganini tasdiqladi

08:50