Özbekiston BMT Boş assambleyasi yiğilişida Ukrainaning Qrim harbiylaşuvi böyiça rezolyutsiyasiga qarşi ovoz berdi.

Ta'kidlab ötiş joizki, BMT Boş assambleyasining 66 mamlakati rezolyutsiyani qöllab-quvvatladi, 72tasi betaraf qoldi.

Özbekistondan taşqari, Armaniston, Belarus, Boliviya, Burundi, Kamboja, Kuba, Koreya Xalq Demokratik Respublikasi (KXDR), Eron, Laos, Myanma, Nikaragua, Rossiya Federatsiyasi, Serbiya, Janubiy Sudan, Sudan, Suriya, Venesuela va Zimbabve ham qarşi ovoz berdi.

Eslatib ötamiz, avvalroq BMT Qrimning harbiylaşuvi böyiça Ukraina rezolyutsiyasini qabul qilgani xabar berilgandi.

Rezolyutsiyada aytilişiça, Rossiya armiyasining Qrimdagi iştiroki «Ukraina milliy suvereniteti, siyosiy mustaqilligi va hududiy yaxlitligi»ga zid keladi.

Şuningdek, Boş assambleya hujjatda Azov va Qora dengizlarda Rossiya harbiy iştirokining «ortib borayotgani» hamda Azov dengizida xorijiy kemalar ötişiga çeklovlar örnatilganini qoraladi.