
Yiğilişda havo va temir yöl transporti sohalari qatorida avtotransportda xalqaro yuk taşuvçi korxonalarni qöllab-quvvatlaş masalasiga ham e'tibor qaratildi.
Prezident matbuot xizmatidan ma'lum qilişlariça, sönggi uç yilda Özbekistonda xalqaro yuk taşuvçi transportlar soni 3 baravar oşgan, yuklarni taşişda mahalliy korxonalarning taşqi savdodagi uluşi 37 foizdan 48 foizga yetgan.
«Mahalliy taşuvçilarning qatnovlar sonini yanada oşiriş, taşqi savdoda ularning uluşini 60 foizga yetkaziş çora-tadbirlari belgilandi. Bitta yuk transporti beş nafargaça aholi bandligini ta'minlaşi, bu tarmoqda 30 mingta yangi iş örni yaratiş mumkinligi ta'kidlandi.
Qoraqalpoğiston Respublikasi va viloyatlarda içki yönalişlarda qatnaydigan avtobuslarni yangilaş, bunday korxonalarni barqaror moliyaviy resurs bilan ta'minlaş yuzasidan körsatmalar berildi», – deyiladi rasmiy press-relizda.
Xabar qilinişiça, Şavkat Mirziyoyev içki yöllar masalasiga alohida töxtalib, ularning holati yomonligi, odamlar bundan norozi ekanini aytgan.
«80 ming kilometr içki yöllarni rekonstruksiya qiliş, bu borada butun dunyoda qöllanib kelinayotgan «foydalanuvçi tölaydi» tizimini joriy etiş zarurligi ta'kidlandi.
«Qamçiq» dovonida muqobil tunnel qurilişini öz içiga oluvçi «Toşkent-Andijon» pullik avtomobil yöli loyihasi böyiça tender e'lon qilinişi belgilandi», deyiladi davlat rahbari matbuot xizmati xabarida.
Prezident yiğilişida «Özbekiston temir yöllari»ning nosohaviy aktivlari köpligi masalasi körildi
Pullik yöllar
Eslatib ötamiz, 2019 yil 9 dekabrdagi prezident qarori bilan, 2020-2022 yillarda davlat-xususiy şeriklik şartlarida pullik avtomobil yöllarini taşkil etiş loyihalari yuzasidan «Yöl xaritasi» tasdiqlangan.
Unga asosan, Qamçiq va Taxtiqoraça dovonlarida yangi pullik tonnellar, «Toşkent – Samarqand» va «Toşkent – Andijon» yönalişlarida hamda Sirdaryo – Baxt şaharlarini aylanib ötuvçi pullik avtomobil yöllari qurilişi belgilangan.












