2020 yil 20 oktyabr kuni «Mamlakatimizda özbek tilini yanada rivojlantiriş va til siyosatini takomillaştiriş çora-tadbirlari töğrisida»gi prezident farmoni imzolandi. Unda lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosiga töliq ötişni ta'minlaş borasida ham körsatmalar berilgan. Xususan, farmonning 2-ilovasi 4-bandida «Lotin yozuviga asoslangan özbek alifbosini, imlo qoidalarini yanada takomillaştiriş va yangi yozuvga töliq ötişni ta'minlaş» degan alohida band mavjud. Aynan şu band ijrosini ta'minlaş maqsadida yaqinda takomillaştirilgan alifbo loyihasi rasman e'lon qilindi.

Alifbo islohiga aynan hozir qöl uriş kerak. Nega?
Alifbo özgarsa, birinçi galda darsliklar özgaradi. Hozir Milliy öquv dasturini işlab çiqiş harakatlari boşlangan. Demak, juda köp darslik va qöllanmalar yangidan tayyorlanişi va çop etilişi mumkin. Agar alifbo islohi hozir ötkazilmasa (qaçondir baribir isloh qilinadi, menimça), bu keyinçalik kitoblarni yangi alifboda qayta bosişga, ya'ni katta çiqimga sabab bölişi mumkin.
Bu yildan içki pasportlar örniga ID-kartalar beriş boşlandi. Endi yaqin xorijga çiqiş uçun ham xorijga çiqiş biometrik pasporti kerak böladi. Demak, uni oluvçilar köpayadi. Agar alifboga qaçondir özgartiriş kiritilsa, hujjatlardagi ma'lumotlarni ham özgartiriş ehtiyoji tuğiladi. Bu yana çiqim va ovoragarçilikka olib keladi.
Qozoq qöşnilarimizning tajribalari ham xulosa uçun yaxşi misol. Ular ham dastlab 2017 yilgi variantda barça harflarni standart klaviatura asosida yasab körişdi. Lekin amaliyot bu katta önğaysizlik va qiyinçiliklar tuğdirişini körsatdi, çoği, 2018 yilgi variantda juft harflar, jumladan, oʼ va gʼ harflari bitta belgiga almaştirildi. 2019 yilgi loyihada esa sh va ch harflari örniga ham yaxlit belgi tanlandi. 2021 yilgi versiyada esa alifbo yanada ixçamlaşdi










