“Özavtosanoat” bilan hamkorlikda Jizzaxda işlab çiqarişni taşkil etayotgan BYD kompaniyasi öz elektromobillarining Özbekistonga “tartibsiz importi”ni çeklaş böyiça hukumatga murojaat bilan çiqqan.
Kompaniya buni Özbekistonga olib kirilayotgan modellari “mahalliy iqlim va yöl şaroitlariga moslaştirilmagani hamda rasmiy kafolatga ega emasligi” bilan izohlagan. Bu ma’lumot 18 mart kuni imzolangan prezident qarorida keltirib ötilgan.
Qaror bilan Iqtisodiyot va moliya vazirligi, Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi hamda “Özavtosanoat” AJga 2024 yil 1 iyulga qadar BYD brendi ostidagi elektromobil va gibrid avtomobillar importini tartibga soliş böyiça BYD'ning talabini amalga oşirişga qaratilgan takliflarni Vazirlar Mahkamasiga kiritiş vazifasi yuklatildi.
Takliflarni tayyorlaşda raqobat töğrisidagi qonunçilik hujjatlari va Jahon savdo taşkiloti prinsiplaridan kelib çiqilişi belgilandi.
Hujjatda ta’kidlanişiça, “Özavtosanoat” AJ va BYD Europe B.V. (Niderlandiya) kompaniyalari “BYD Uzbekistan Factory” MÇJ qöşma korxonasini 2022 yil 29 dekabrda ta’sis etgan. Qöşma korxona 2023 yil 23 yanvarda röyxatdan ötkazilgan, uning 60 foiz uluşi “Özavtosanoat” AJga, 40 foizi BYD Europe B.V. kompaniyasiga tegişli.
2023 yil 26 sentabr kuni Özbekiston hukumati nomidan Investitsiyalar, sanoat va savdo vazirligi va BYD Europe B.V. örtasida “Özbekiston Respublikasida elektromobil va gibrid avtomobillar hamda ularning butlovçi qismlarini işlab çiqarişni taşkil etiş” investitsiya loyihasini amalga oşiriş töğrisidagi investitsiya şartnomasi imzolangan.
2024 yil 18 mart kungi prezident qarori bilan, uşbu şartnoma tasdiqlandi. Qarorda yozilişiça, şartnomaga muvofiq BYD Europe B.V. (investor) va qöşma korxona öz zimmasiga quyidagiça majburiyatlar olgan:
- investitsiya loyihasini amalga oşirişning butun davri mobaynida umumiy qiymati 160 million AQŞ dollari miqdorida investitsiyalarni, şu jumladan 60 million AQŞ dollari miqdorida töğridan töğri xorijiy investitsiyalarni jalb etiş;
- investitsiya loyihasining birinçi bosqiçida (2024 yil davomida) işlab çiqariş quvvatini mayda uzelli yiğiş (CKD) usulida 50 ming dona elektromobil va gibrid avtomobilga yetkaziş;












