Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudida 13 yanvar kuni boşlangan sud işida ayblanuvçi ayblov xulosasi va iş hujjatlari bilan taniş emasligi sababli 10 kunga tanaffus e’lon qilingandi. 24 yanvar kuni sud işi davom ettirildi.

Sudlanuvçi jarayon ommaviy axborot vositalari vakillari va blogerlar tomonidan töliq videotasvirga olib borilişini sörab, sud raisiga iltimosnoma kiritgan. Prokuror esa iş IIVga aloqadorligi, unda sohaga oid davlat sirlari körilişi mumkinligi vaji bilan uşbu iltimosnomani rad etişni söragan. Sud maslahatlaşuvdan söng jarayonni videotasvirga olişga ruxsat bergan, faqat sudga ta’sir ötkazilişining oldini oliş maqsadida hukm e’lon qilinmagunça uşbu videotasvirlarni tarqatişni taqiqlagan.
Pölat Bobojonovga murojaat qilgan profilaktika inspektoriga jinoyat işi oçilib, qamoqqa olindi
25 yanvar kuni bölib ötgan sud majlisida guvohlar va jabrlanuvçilar körsatma bergan. Sud majlisida Sardorbek Otaboyev ularning körsatmalariga munosabat bildirgan va öziga nisbatan qöyilgan ayblovlarning barçasini inkor etgan.

26 yanvar kuniga belgilangan sud majlisi 28 yanvarga qoldirilgan. Işni körib çiqayotgan sudya – Jinoyat işlari böyiça Namangan şahar sudi raisi Baxtiyor Tavakkalov bu holatni jinoyat işi böyiça jabrlanuvçilar va Sardorbek Otaboyevning suddagi körsatmasida tilga olingan guvohlarni topişning imkoni bölmagani bilan izohlagan.
Eslatib ötamiz, Namangan şahar prokuraturasi sobiq inspektorga nisbatan Jinoyat kodeksining 6ta moddasi böyiça ayblov e’lon qilgan. Prokuratura tomonidan sudga taqdim etilgan ayblov xulosasida Sardorbek Otaboyev Jinoyat kodeksining 206-moddasi 1-qismi (Hokimiyat yoki mansab vakolati doirasidan çetga çiqiş), 230-1-moddasi 1-qismi, 168-moddasi 3-qismi “b,v” bandlari (Öta xavfli retsidivist tomonidan; uyuşgan guruh tomonidan yoki uning manfaatlarini közlab sodir etilgan firibgarlik), 209-moddasi 2-qismi “a” bandi (









