Uning aytişiça, iqtisodiy vaziyatning budjetga ta’siri hisob-kitob qilingan. 

“Topşiriq olindiki, tasdiqlangan budjet taqçilligini saqlab qoliş, ya’ni ortiqça xarajatlarga yöl qöymaslik. Iş haqi, pensiya, nafaqalarni öz vaqtida tölab boriş böyiça çoralar köriş.

Soliq ma’murçiligiga oid barça özgarişlarni bir neça oyga yoki kelgusi yilga qoldiriş böyiça takliflar işlab çiqiladi. Bu yönalişda tadbirkorlik sub’yektlari bilan iş olib boriladi”, deydi moliya vaziri. 

Qayd etilişiça, budjet resurslaridan moliyalaştiriladigan ipoteka va ta’lim kreditlari foiz stavkalari kötarilmaydi.

“Markaziy bank tomonidan asosiy stavkani oşiriş çorasi taşqi omillar ta’sirida vaqtinçalik instrument sifatida körilyapti. Bizda ikkita yirik dastur bor: ipoteka va ta’lim krediti. 

Tijorat banklaridan ipoteka böyiça 20 yilga, ta’lim krediti böyiça 7 yilga resurslar davlat budjetidan banklarga ajratiladi. Markaziy bank stavkasi bunga boğlangan edi. Qonunçilik böyiça resurslar uç foiz bandga va bankdan ajratilgan kreditlar ham uç foiz bandga oşişi kerak edi. Lekin yil oxirigaça bu çorani qöllamaslik topşiriği berildi”, deydi Timur Işmetov.

Bundan oldin Şavkat Mirziyoyev hukumatga bozorda narxlar barqarorligini ta’minlaş böyiça topşiriq bergandi.