Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Putin MDH davlatlarini chegaradagi vaziyatga e’tibor qaratishga chaqirdi
29 centyabr kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin MDH davlatlarining geosiyosiy muxoliflari ushbu davlatlarni xavf ostiga qo‘yishga va qonli qirg‘in uyushtirishga tayyor ekanini ta’kidladi.
Foto: TASS
«Bizning geosiyosiy raqiblarimiz o‘z maqsadlaridan kelib chiqib, yaqinda aytganimizdek, hammani, har kimni, istalgan davlatni fosh qilishga, uni inqiroz o‘chog‘iga aylantirishga, rangli inqilobni qo‘zg‘atishga va qonli qirg‘inni boshlashga tayyor. Biz bularning barchasini bir necha bor ko‘rganmiz», — dedi Putin MDH davlatlari razvedka xizmatlari rahbarlari bilan suhbat chog‘ida.
U MDH mamlakatlari xavfsizligiga tahdidlarni tahlil qilishga chaqirib, chegaralardagi vaziyat e’tibor talab qilishini ta’kidladi.
«Shubhasiz, Afg‘oniston hududida joylashgan xalqaro terrorchilar chegaradosh davlatlar, jumladan, MDH davlatlari bilan bog‘liq jinoiy rejalar tuzishi mumkin», — dedi Rossiya rahbari.
Putinning so‘zlariga ko‘ra, MDH mamlakatlari razvedka xizmatlari mavjud va yuzaga kelishi mumkin bo‘lgan tahdidlarga qarshi kurashish uchun muvofiqlashtirilgan holda harakat qilishi va bir-birini qo‘llab-quvvatlashi kerak. U turli yo‘nalishlarda: axborot almashinuvidan tortib, kadrlar tayyorlashgacha bo‘lgan hamkorlikni rivojlantirish maqsadga muvofiqligini ta’kidladi.
Putin, shuningdek, MDH davlatlarining savdo aylanmasi AQSh va uning ittifoqchilari bosimiga qaramay o‘sib borayotganini qo‘shimcha qildi.
Rossiya prezidenti Vladimir Putinning MDH maxsus xizmatlari va razvedka tashkilotlari rahbarlari bilan videomuloqotida O‘zbekiston DXX raisi Abdusalom Azizov ham ishtirok etdi.
Mavzuga oid
17:34 / 24.03.2026
Shavkat Mirziyoyev va Vladimir Putin telefon orqali muloqot qildi
13:40 / 24.03.2026
Rossiya iqtisodiyotida pasayish bor - Putin
19:22 / 23.03.2026
Yevropa Ittifoqi Putinni migratsiyaning «asosiy harakatlantiruvchi kuchi» deb atadi
15:23 / 20.03.2026