O‘zbekiston | 11:34 / 21.12.2016
35373
1 daqiqa o‘qiladi

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi yangi rahbarga ega bo‘ldi

Foto: kasaba.uz

O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashining navbatdan tashqari Majlisi bo‘lib o‘tdi.

Yig‘ilishda tashkiliy masala ko‘rilgan. “Jizzax akkumulyator zavodi” AJ Bosh direktori lavozimida ishlab kelayotgan Rafikov Qudratilla Mirsagatovich O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi raisi etib saylandi.

Rafikov Qudratilla 1993-1998 yillarda O‘zbekiston kasaba uyushmalari Federatsiyasi Kengashi raisi muovini, 1998 yildan 2003 yilgacha Jizzax viloyati kasaba uyushmalari Kengashi raisi lavozimida faoliyat ko‘rsatgan.

Yig‘ilishda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri Abdulla Aripov, O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi Davron Nazarmuhammedov ishtirok etgani xabar qilindi.

Eslatib o‘tamiz, 2010 yildan Federatsiya raisi lavozimida ishlab kelgan Narbayeva Tanzila Kamalovna 2016 yil 14 dekabrda O‘zbekiston Respublikasi Bosh vazirining o‘rinbosari – Xotin-qizlar qo‘mitasi raisi lavozimiga tasdiqlangandi.