Vazirlar Mahkamasining “Özbek tili va adabiyot fani böyiça milliy sertifikat imtihonida yuqori ball (daraja) töplagan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlarini töliq qoplab beriş tartibini joriy etiş töğrisida”gi qarori loyihasi e’lon qilindi.

Quyidagilar:

  • Özbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlarini töliq qoplab beriş böyiça davlat xizmatlari körsatişning ma’muriy reglamenti;
  • imtihon topşiriş xarajati kompensatsiya qilinadigan imtihon tizimi tasdiqlanadi.

Belgilanişiça:
Yoşlar işlari agentligining Yoşlarga oid davlat siyosatini qöllab-quvvatlaş jamğarmasi mablağlari hisobidan özbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarida yuqori ball (daraja) olgan yoşlarga imtihon topşiriş xarajatlari 2025 yil 1 yanvardan boşlab qoplab beriladi.

Agentlik:

a) 2024 yil 1 dekabrga qadar:

davlat xizmatini körsatiş uçun zarur hujjatlar va boşqa hujjatlarning namunaviy şakllari, blankalari işlab çiqilişini ta’minlaydi hamda Adliya vazirligi bilan kelişgan holda tasdiqlaydi;

Adliya vazirligi bilan birgalikda Yagona interaktiv davlat xizmatlari portalida (YaIDXP) elektron davlat xizmatini joriy qiliş böyiça texnik hujjatni işlab çiqadi, kelişiş va tasdiqlaş uçun Raqamli texnologiyalar vazirligiga kiritadi;

Raqamli texnologiyalar vazirligi birgalikda ariza beruvçilar taqdim etadigan hujjatlarning avtomatik ravişda belgilangan mezonlarga mos kelişini aniqlovçi va ma’lumotlarni saralovçi, şuningdek, YaIDXPda davlat xizmatlari körsatilişining har bir bosqiçida murojaatlar körib çiqilişini kuzatib boriş imkonini beruvçi xizmatni işga tuşiradi, şuningdek, tegişli vazirliklar va idoralarning YaIDXPga ulanişini va axborot tizimlarining özaro integratsiya qilinişini ta’minlaydi;

b) 2024 yil 1 dekabrdan boşlab Adliya vazirligi bilan birgalikda davlat xizmatlari markazlarining xodimlari iştirokida uşbu qaror bilan tasdiqlangan ma’muriy reglamentni amalda qöllaşning samaradorligi va natijadorligi darajasini oşirişga yönaltirilgan öquv seminarlari ötkazilişini ta’minlaydi;

d) özbek tili va adabiyot fanidan milliy sertifikat imtihonlarini taşkil etişga vakolatli taşkilotning tegişli imtihon topşiriş xarajatlari töğrisidagi ma’lumotlarni özining rasmiy veb-saytida e’lon qiladi hamda doimiy ravişda yangilab boradi.