Qoraqalpoğiston Respublikasi Törtköl tuman deputatlari Kengaşining navbatdan taşqari sessiyasida tuman rahbari Ğofurjon Xadjiyev egallab turgan lavozimidan böşatildi. Tuman hokimi lavozimiga yangi tayinlangan Ne'matulla Xudayberganov Kun.uz muxbiri bilan telefon suhbatida bu haqdagi xabarni tasdiqladi.

Foto: Kun.uz

Ma'lum qilinişiça, ayni davrgaça Sirdaryo viloyati Suv va qişloq xöjaligi boşqarmasi birinçi örinbosari lavozimida mehnat qilib kelayotgan Ne'matulla Xudayberganov endilikda Törtköl tumani hokimi etib tayinlangan. 1998-2017 yillarda Xudayberganov Törtköl tumaniga qöşni hudud, Ellikqal'a tumanida hokim lavozimida uzoq yil faoliyat olib borgandi.

Törtköl tumani sobiq hokimi Ğofurjon Xadjiyevning boşqa lavozimga ötkazilgani yoki nima sababdan işdan böşatilgani hozirça oşkor etilmagan.