Sönggi yillarda iqlim özgarişi, global isiş, ozon qatlamining yemirilişi, Orol dengizining qurişi kabi jumlalar kundalik hayotimizning bir qismiga aylanib qoldi va bu turdagi xavflar tobora ortib bormoqda.
Iqlim özgarişining asosiy körsatkiçlaridan biri Air Quality Index (AQI) – Havo sifati indeksi (HSI) bölib, havodagi çang va boşqa mikro-elementlarning miqdorini hisoblaş yordamida ölçanadi. HSI AQŞda işlab çiqilgan indeks bölib, havo sifatini beş toifaga ajratadi:
- “yaxşi” (yaşil – 0-50);
- “örtaça” (sariq – 50-100);
- “zaif guruhlar uçun nosoğlom” (olovrang – 100-150);
- “nosoğlom” (qizil – 150-200);
- “xavfli” (binafşa – 200-400)
Bu indeks kunning qaysi vaqtida oçiq havoda faol böliş yaxşiroqligini yoki kunning qaysi paytida oçiq havoda harakat qilişni kamaytiriş yoki taşqariga çiqişdan saqlaniş kerakligini tuşunişga yordam beradi.
Hozirgaça AQŞ Davlat departamenti havo sifatini ölçaş va uni monitoring qiliş böyiça körsatma va tavsiyalar işlab çiqiş doirasida dunyo böylab 50 dan ziyod AQŞ elçixonalari va konsulliklarida havo sifati monitorlarini örnatgan. Jumladan, 2018 yil may oyida Toşkentda ham havo sifati monitori örnatilgan bölib, har soat havo sifatini tekşiradi va ma’lumotlarni www.aqicn.org sayti orqali onlayn kuzatib boriş imkoni bor. Quyidagi rasmda Toşkent şahridagi HSIni 2018 yil 26 noyabrdan boşlab kunlik, oylik va yillik hisoboti körsatilgan.

Körinib turibdiki, 2021 yilga kelib şahar havosining sifati oldingi yillarga nisbatan pasaygan.
Xususan, HSI klassifikatsiyasiga asoslangan “yaşil” kunlar soni keskin kamayib, 2021 yil 22 noyabr holatiga köra 2021 yilda atigi 23 kunni taşkil qilganini ta’kidlaş mumkin.
Bu körsatkiç qöşni mamlakat poytaxt şaharlariga taqqoslaganda Toşkent şahrida juda pastligini quyidagi infografikada köriş mumkin.

Yuqoridagi rasmda Markaziy Osiyo mamlakatlari poytaxt şaharlaridagi havo sifati indeksi körsatilgan bölib, Özbekistonga janubi-şarqiy tomondan çegaradoş bölgan Tojikiston poytaxti Duşanbe va Afğoniston poytaxti Kobulda mazkur körsatkiç Toşkentdagi bilan deyarli bir xilligi tasvirlangan. Ammo Toşkentning şimol va şimoli-ğarbida joylaşgan Turkmaniston poytaxti Aşxobod, Qozoğiston poytaxti Nur-Sulton va Qirğiziston poytaxti Bişkek şaharlari deyarli bir xil mintaqaviy iqlimga mansub bölişiga qaramay, havoning sifati poytaxtimizdagiga nisbatan bir neça barobar yuqoriroq ekanligini körişimiz mumkin.











