«Xalqimiz bilan boshlagan demokratik islohotlar yo‘lidan hech qachon ortga qaytmaymiz» - Shavkat Mirziyoyev
Senat yangi binosida O‘zbekiston Respublikasining saylangan prezidenti Shavkat Mirziyoyevning inauguratsiya marosimi boshlandi. Kun.uz muxbiri xabariga ko‘ra, Shavkat Mirziyoyev tadbir davomida nutq so‘zlamoqda.
“Barchangiz xabardorsiz, bundan besh yil oldin xalqimiz bilan bamaslahat Harakatlar strategiyasini qabul qilgan edik. O‘tgan davr mobaynida ushbu Strategiya asosida keng ko‘lamli ishlar amalga oshirildi.
Yangi muddatga lavozimga kirishayotgan Prezident sifatida jonajon Vatanimizning bugungi kuni va kelajagi uchun butun mas'uliyat va javobgarlikni chuqur his etgan holda, aytmoqchiman:
Xalqimiz bilan boshlagan demokratik islohotlar yo‘lini yanada qat'iy davom ettiramiz va bu yo‘ldan hech qachon ortga qaytmaymiz! Yangi O‘zbekistonni birgalikda, albatta, barpo etamiz!
Asosiy qomusimiz kafili sifatida Konstitutsiya va qonunlarimiz talablarini so‘zsiz bajarish, “Inson qadri uchun” degan ustuvor tamoyilni to‘la ro‘yobga chiqarish, bundan buyon ham faoliyatimning bosh mezoni bo‘lib qoladi.
Albatta, inson qadri biz uchun qandaydir mavhum, balandparvoz tushuncha emas. Inson qadri deganda, biz, avvalo, har bir fuqaroning tinch va xavfsiz hayot kechirishini, uning fundamental huquq va erkinliklarini ta'minlashni nazarda tutamiz.
Inson qadri deganda, biz har bir fuqaro uchun munosib turmush sharoiti va zamonaviy infratuzilma tashkil etishni, malakali tibbiy xizmat ko‘rsatish, sifatli ta'lim, ijtimoiy himoya tizimi, sog‘lom ekologik muhit yaratib berishni tushunamiz”, dedi Shavkat Mirziyoyev.
Mavzuga oid
21:19 / 21.12.2024
Tadbirkor prezidentdan shaxsga doir va bank ma’lumotlarini Cloud'da saqlashga ruxsat berishni so‘radi
20:49 / 21.12.2024
“Tannarxni tushirish – kengayish, hajmni oshirish bilan bo‘ladi” - Zafar Hoshimov
18:40 / 21.12.2024
Shavkat Mirziyoyev Germaniya prezidenti Frank-Valter Shtaynmayyerga ta’ziya yo‘lladi
14:34 / 20.12.2024