Prezident Şavkat Mirziyoyevning tegişli farmoni bilan Ozodbek Nazarbekov Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga tasdiqlandi. Bu haqda prezident matbuot kotibi Şerzod Asadov öz telegram-kanalida xabar bergan.

Şu tariqa, endi u turizm sohasiga javob bermaydi.

Ozodbek Nazarbekovning nomzodi Oliy Majlis Qonunçilik palatasi deputatlari tomonidan ma’qullangan.

«Oliy Majlis Qonunçilik palatasining navbatdagi majlisida deputatlar Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga Ozodbek Nazarbekov nomzodini körib çiqdilar. 

Majlisda O.Nazarbekov madaniyat sohasidagi islohotlarning samaradorligini ta’minlaş maqsadida kelgusida amalga oşiriladigan işlari böyiça öz Harakatlar dasturi haqida axborot berdi.

Deputatlar O.Nazarbekov nomzodini Özbekiston Respublikasi madaniyat vaziri lavozimiga ma’qulladilar», deyiladi xabarda.

Ozodbek Nazarbekov 2020 yil yanvarida madaniyat vaziri lavozimini egallagandi.

2022 yil oxiridagi ma’muriy islohotlar paytida Madaniyat va turizm vazirligi taşkil etilgan va Nazarbekov madaniyat va turizm vaziri lavozimiga tayinlagan edi.

Kun.uz manbasiga köra, turizm sohasi yana ayni vaqtda ekologiya va iqlim vaziri bölib turgan Aziz Abduhakimovga qaytmoqda.