Bugun, 22 yanvar kuni Oliy Majlis Qonunçilik palatasi yalpi majlisida Özbekiston boş vaziri Abdulla Aripov tomonidan taqdim etilgan yangi hukumat uçun nomzodlarni körib çiqiş va ma'qullaş masalalari muhokama qilinmoqda.
Kun.uz muxbiri xabar berişiça, Ozodbek Nazarbekov nomzodi Madaniyat vaziri lavozimiga körsatilgan.
2017 yil avgustidan buyon Madaniyat vaziri sifatida işlab kelgan Baxtiyor Sayfullayev Yoşlar, madaniyat va sport masalalari qömitasi raisi etib saylangaç, hukumatni tark etişi ma'lum bölgandi.
Özbekiston xalq artisti Ozodbek Nazarbekov 2017 yilning iyunida «Yoşlar» telekanali direktori etib tayinlangan, bu lavozimda bir oy işlagaç, lavozimini tark etib telekanalda boş prodyuser sifatida faoliyatini davom ettirgan, 2017 yilning avgustida esa madaniyat vaziriga örinbosar bölgandi.












