Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Ekilgan ko‘chatlarni saqlab qolish majburiyati pudratchi tashkilotlar zimmasiga o‘tkaziladi
Ekologiya vaziri Aziz Abduhakimovning ma’lum qilishicha, endi “Yashil makon” doirasida daraxtlarni konkurs asosida tanlab olinadigan pudratchi tashkilotlar ekadi va ular uch yil davomida o‘zlari ekkan ko‘chatlarni parvarishlash majburiyatini oladi. Qayerga qanaqa daraxt ekishni esa “Yashilloyiha” loyihalash instituti belgilaydi.
Foto: O‘zbekgidroenergo
4 iyul kuni O‘zbekiston ekologiya vaziri Aziz Abduhakimov “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasida bajarilgan ishlar yuzasidan Qonunchilik palatasi yalpi majlisida axborot berdi.
Axborotda ta’kidlanishicha, o‘tgan yillardagidan farqli, endilikda “Yashil makon” umummilliy loyihasi doirasidagi ko‘chat ekish tadbirlari har yili shakllantiriladigan va tasdiqlanadigan yillik manzilli ko‘kalamzorlashtirish investitsiya dasturi asosida amalga oshiriladi.
“Manzilli dasturlar – qat’iy belgilangan mexanizmlar asosida mahalliy hokimliklar tomonidan shakllantirilib, Ekologiya vazirligida umumlashtirilgan holda ekspertizadan o‘tkaziladi hamda Vazirlar Mahkamasi tomonidan tasdiqlanadi.
Manzilli dasturda belgilangan tadbirlarni amalga oshirishda asosiy e’tibor loyihalash ishlariga qaratilib, bunda, yangidan qayta tashkil etilgan “Yashilloyiha” loyihalash instituti asosiy loyihachi etib belgilanadi.
Shuningdek, hududlarning relefi, iqlim-tuproq sharoiti, suv manbalari, yillik yog‘ingarchilik miqdori, tuproqning laboratoriya tahlillari natijalaridan kelib chiqib, daraxt-butalarning mos bo‘lgan turlari tanlanadi.
Pudratchi tashkilotlar esa qonunchilikda belgilangan tartibda tanlov asosida aniqlanadi.
Dasturga asosan, har bir vazirlik va hokimliklar tegishliligicha budjetdan tashqari va mahalliy budjet mablag‘lari hisobidan o‘z bog‘larini tashkil etadi.
Ekilgan ko‘chatlar va tashkil etilgan bog‘lar uch yil davomida pudratchi tashkilot tomonidan parvarishlanadi va pudratchi ko‘chatlarni to‘liq saqlanib qolishi uchun mas’ul va javobgar etib belgilanadi”, – dedi Aziz Abduhakimov.
Mavzuga oid
17:39 / 27.11.2025
Toshkentda changga qarshi kurash doirasida o‘nlab favvora va sug‘orish tarmog‘i ishga tushirildi
09:56 / 27.11.2025
Daraxt ekish uchun ichimlik suvidan foydalanishga qo‘yilgan cheklov bahor va yozda bekor bo‘ladi
10:00 / 23.11.2025
Changga qarshi safarbarlik va IIBBda in qurgan talonchilar - hafta dayjesti
12:47 / 19.11.2025