Köplab filmlar muallifi Rustam Sa'diyev rejissyorligida yangi – “Merosxör” deb nomlangan film suratga olinayotgani ma'lum qilindi. Ma'lumotlarga köra, uşbu kartina xorijiy davlat bilan hamkorlikda suratga olinmoqda. Bu haqda rejissyorning özi Kun.uz’ga ma'lum qilmoqda.

- Biz mazkur filmni Xitoy davlati bilan ijodiy hamkorlikda suratga tuşiryapmiz, - deydi kartina rejissyori Rustam Sa'diyev. – Şu örinda aytib ötişim lozimki, özbek kinosi tarixida bu yangilik. Çunki ilgari Xitoy davlati bilan hamkorlikda özbek filmlari suratga olinmagan. Kartina ssenariysi muallifi Madina Möminova”.

Film bir qiz hayoti haqida hikoya qiladi. Voqealar rivoji sarguzaştlarga boy bölib, suratga oliş işlari Özbekiston va Xitoyda bölib ötadi. Şu örinda ta'kidlaş kerakki, film qahramonlari ham ruhiy, ham jismoniy kuçli odamlar. Inson psixologiyasi, turmuş çorrahalarida uçrovçi hodisalar va taqdir hikmati mazkur filmda uyğunlaştirib yuborilgan.

Mazkur kartinada Özbekiston va xorijda faoliyat yurituvçi kino aktyorlari suratga tuşişi rejalaştirilgan. Bu aktyorlarga misol qilib, Farhod Mahmudov, Şirin Abdullayeva, Gulnur Abdullayeva, Ra'no Şodiyeva, Şahlo Temirova, Rasulxon Qodirxonov, Said Muxtorov, Dilorom Egamberdiyeva, Xurşida Arabşoyeva, Bexzod Hamrayev, Möminjon Qöçkorov va yana boşqalarni keltiriş mumkin. Bundan taşqari, filmda Rossiya va ozarboyjonlik taniqli aktyor va aktrisalar rol ijro etişadi.