Sönggi yillarda Özbekiston kinosanoatida davlat buyurtmasiga binoan tarixiy, vatanparvarlik va xavfsizlik mavzusidagi filmlarning soni köpaymoqda. Kinosanoatning xususiy filmlar yönalişida tanilgan bir qator rejissyorlar bugungi kunga kelib davlat buyurtmasiga binoan ham filmlar suratga olişmoqda.
Rejissyor Rustam Sa'diyev Kun.uz muxbiri bilan suhbatda «Baron» filmini işlaşdan oldin keçgan jarayon töğrisida sözladi va maxsus xizmat vakillari uni narkobiznes vakillari bilan uçraştirişganini aytib ötdi.
«Sotqin» filmi «Baron»ning birinçi qismi suratga olinişiga sabab böldi, desam mubolağa bölmaydi. «Sotqin» filmi ommalaşganidan keyin maxsus xizmatlarda işlaydigan «körinmas soha» vakillarimiz – Mafkura bölimi mutaxassislari yana hamkorlikda işlaşni taklif qilişdi. «Baron» filmining asosiy ğoyasi ular tomonidan ilgari surilgan.
«Baron» filmi men uçun ham kutilmagan kinoasar bölgan. Moslaşib olişim qiyin keçgan. Qamoqda muddatini ötayotgan haqiqiy narkobaronlar bilan ham uçraştirib, ularning maqsadi, niyati va tabiatini örganiş uçun suhbatlaştirişgan.
Rustam Sa'diyev bilan suhbatning töliq şaklini Kun.uz’ning YouTube va Mover’dagi sahifalarida tomoşa qilişingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube












