Taniqli turk aktyori Kaan Urganjiöğli «Baron-2» filmining Özbekistonda tasvirga olinadigan epizodlarida qatnaşiş uçun Toşkentga yetib keldi.


Ma'lumot uçun, Kaan Urganjiöğli 1981 yilning 8 may sanasida Turkiyaning Izmir şahrida tuğilgan. AQŞda kollejni tamomlagan Urganjiöğli 2000 yilda Istanbulga qaytgan va Marmara universitetining Moliya fakultetini tamomlagan.
Aktyorlik faoliyatini 2002 yilda «Qoraöğlon» filmida boş rol ijrosi bilan boşlagan. Özbek tomoşabinlariga «Sevgi iztirobi» serialidagi Amir Közjiöğli roli bilan tanilgan aktyor xorij filmlari va seriallaridagi iştirokini 2018 yildan Amazon Video platformasining «Jyek Rayan» serialidan boşladi.
Eslatib ötamiz, rejissyor Rustam Sa'diyev tomonidan olinayotgan «Baron-2» filmi Özbekiston, Rossiya, Turkiya va Misr Arab Respublikasi hududida suratga olinmoqda. Kinoloyihaga Hollivud aktyorlari, şuningdek Turkiya, Rossiya va Qozoğistondan taniqli aktyorlar jalb etilgan.

Xususan, turk aktyorlari – Kaan Urganjiöğli, Safo Zengin, Murod Oydin, maşhur qozoq aktyori Tauyekel Musilim «Baron-2» filmida rol ijro etişmoqda.
Kun.uz muxbirining Rustam Sa'diyev bilan «Baron-2» va özbek kinosi töğrisidagi suhbatining töliq şaklini YouTube va Mover’dagi sahifalarimizda körişingiz mumkin.
Video: Mover (tas-ix)
Video: Youtube












