Seul ma'muriyati rasmiy vakili Koreya davlatlari rahbarlari muzokaralarining asosiy mavzulari haqida ma'lumot berdi.

Manba Koreya yarim orolini yadrosizlantiriş, uzoq muddatli tinçlik va Janub hamda Şimol örtasidagi munosabatlarni rivojlantiriş yönalişlari böyiça «samimiy muloqot» ötkazilganini aytdi.

Foto: AFP /Janubiy Koreya matbuoti

KXDR va Janubiy Koreya yetakçilari bir neça soat avval demarkatsion çiziqda uçraşdi. Kim Çen In mamlakatlarni ajratib turuvçi çiziqdan ötib, janubiy tomonga qadam qöygan KXDRning birinçi rahbariga aylandi.

Kim Çen In muloqotning birinçi bosqiçidan söng keskinlikka bahram berişga, Mun Çje In esa – davlatlar örtasida temir yöl qatnovini yölga qöyişga çaqirdi.

Janubiy Koreya ma'muriyati vakilining jurnalistlarga xabar berişiça, Koreyalararo sammitning yakuniy bayonoti ustidagi iş davom etyapti.

«Har ikki tomon qöşma deklaratsiyani tuziş böyiça amaliy munozaralarni davom ettirişga qaror qildi. Agarda bayonot bölsa, har ikki tomon yetakçisi uni imzolaydi va birgalikda e'lon qiladi», - deya aytib ötdi u.

Foto: AFP /Janubiy Koreya matbuoti

Boşqa bir brifingda Janubiy Koreya ma'muriyatining yana bir vakili xabar berişiça, qöşma deklaratsiya sammit rasmiy banketiga qadar qabul qilinişi mumkin. Avvalroq, banket soat 18:30 (Toşkent vaqti bilan 14:30)da boşlanişi xabar berilgandi.