TIV ma’lumotiga köra, Kobulda Özbekiston delegatsiyasi Afğoniston boş vaziri örinbosari vazifasini bajaruvçi Mulla Abdul Ğani Barodar, taşqi işlar vaziri vazifasini bajaruvçi Amirxon Muttaqiy, mudofaa vaziri vazifasini bajaruvçi mulla Yoqub Mujohid, muvaqqat hukumatning boşqa a’zolari va iqtisodiy tuzilmalar vakillari bilan qator uçraşuvlar ötkazdi. 

Muzokaralar çoğida özaro savdo-iqtisodiy aloqalarni kengaytiriş, Afğoniston hududi orqali turli tranzit yuklarni taşiş hajmini oşiriş kabi masalalar muhokama qilingan.

Muhim transport-energetika loyihalarini amalga oşiriş, xususan, «Termiz–Mozori-Şarif–Kobul–Peşovar» temiryölini quriş, «Surxon–Puli-Xumri» yönalişi böylab elektr tarmoğini tortiş masalalari alohida körib çiqilgan.

Tomonlar işning amaliy bosqiçiga tezroq ötiş zarurligini ta’kidlagan va ikki tomonlama kun tartibidagi barça masalalar böyiça konstruktiv muloqotni davom ettirişga tayyor ekanini tasdiqlagan.

Muloqotlar çoğida ayollar huquqlarini hurmat qiliş va himoya qiliş, qizlarning Afğonistonda ta’lim olişini ta’minlaş, şuningdek, Termiz şahridagi Ta’lim markazi negizida afğon kadrlarini tayyorlaş zarurligi ta’kidlangan.

Uçraşuvlar doirasida suv-energetika sohasidagi hamkorlik masalalariga alohida e’tibor qaratilgani aytiladi.