Milliy messenjer kerakmi? Aytiçilar e’tirozi va vazirning javobi
|03:12 / 11.08.202226 88021 min
Özbekiston hukumati milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq işlab çiqiş böyiça tanlov e’lon qildi. Bunday urinişlar ilgari ham köp marta kuzatilgan, biroq ularning heç biri muvaffaqiyatli yakun topmagan. Kun.uz tanlovni ötkazayotgan innovatsion rivojlaniş vaziri va AKT mutaxassislarining mavzuga doir fikrlari bilan qiziqdi.
Foto: Kun.uzFoto: Kun.uz
Özi nima gap?
2022 yilgi davlat dasturiga asosan, Özbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar yaratilişi belgilangan. Buning uçun yil oxirigaça muddat körsatilgan.
Dasturda yozilişiça, bundan közlangan maqsad – fuqarolarning şaxsiy ma’lumotlarini himoyalaş. Kun.uz xabar berganidek, yaratilgan dastur, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar auditoriyasining qamrovi ortişiga qarab ularga soliq imtiyozlarini beriş tizimi ham yölga qöyiladi.
Iyul oyi oxiriga kelib, Innovatsion rivojlaniş vazirligi bu borada tanlov e’lon qildi. Arizalar 1 oktyabrgaça qabul qilinadi. Startap mualliflari özlarining innovatsiyalari va texnologiyalariga asoslangan bölişi kerak.
Tanlov ğolibiga qança pul ajratilgani hozirça ma’lum emas. Rasmiy xabarda tanlov 2020 yil 9 martdagi 133-sonli hukumat qarori bilan tasdiqlangan “Startap loyihalarni tasdiqlaş, moliyalaştiriş va amalga oşiriş tartibi töğrisida”gi nizomga muvofiq taşkil etilişi hamda vazirlik tomonidan uzoği bilan 1 yil davomida moliyalaştirilişi ta’kidlangan.
Nizomda startap loyihalarni moliyalaştiriş buyurtmaçi, talabgor hamda Ilm-fanni moliyalaştiriş va innovatsiyalarni qöllab-quvvatlaş jamğarmasi örtasida tuziladigan şartnoma şartlariga muvofiq amalga oşirilişi belgilangan.
“Davlat taşabbuskor bölmasin!”
Davlat organi tomonidan milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq işlab çiqiş böyiça tanlov e’lon qilinişi özbekistonlik internet foydalanuvçilari, soha mutaxassislarining e’tirozlariga sabab böldi. Tanqidçilarga köra, milliy tarmoqlar maşhur global tarmoqlar soyasida ommalaşmaydi, bu esa budjet pulini behuda sarflaşdan boşqa narsa emas, bungaça bölgan urinişlar heç qanday natija bermagani ham buni tasdiqlaydi.
Qolaversa, bu taşabbus xususiy sektordan çiqişi va davlat bu işning boşida turmasligi kerak. Ekspertlarning ta’kidlaşiça, muvaffaqiyatli startaplarga pul tikadigan investorlar hamişa topiladi.
Kun.uz bir qator soha mutaxassislarining mavzuga doir fikrlari bilan qiziqdi.
Mavzuga oid
“Milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlarning bölgani yaxşi, lekin ular davlat aralaşuvisiz tabiiy vujudga kelişi kerak”
Anvar Narzullayev, Universiti Sains Islam Malaysia oliygohining Axborot xavfsizligi kafedrasi yetakçi mutaxassisi, fan doktori:
— Umuman olganda, özimizning mahalliy, ya’ni milliy ijtimoiy tarmoğimiz bölişi bu ijobiy holat deb bilaman. Odatda çet davlatlarning ijtimoiy tarmoqlari ana şu davlatning qonun-qoidalariga yoki qadriyatlariga amal qilib faoliyat yuritadi. Ba’zida bu narsalar akkauntlarning bloklanişiga olib kelişi mumkin, ya’ni Ğarbning yoki Amerikaning kun tartibiga tuşmaydigan postlar yoki izohlar uçun ba’zi akkauntlar bloklab qöyiladi. Bu kabi nyuanslarni köplab keltiriş mumkin.
Bu narsalarning oldini oliş uçun ham, umuman olganda IT’ni rivojlantiriş uçun ham özimizning mahalliy mahsulot bölgani yaxşi. Lekin bu narsa davlat buyurtmasi asosida, tender asosida qilinişini juda katta xato deb bilaman. Bunday mahsulotlar, ya’ni mahalliy ijtimoiy tarmoq va messenjerlar tabiiy vujudga kelişi kerak. Tabiiy deganim, birinçidan, ularni xususiy kompaniyalar yaratişi maqsadga muvofiq. Ikkinçidan, bunday mahsulot bozordagi boşqa ijtimoiy tarmoqlar, masalan, u Facebook böladimi yoki Instagram, Telegram bilan raqobatlaşa olişi kerak.
Raqobatlaşiş uçun esa özimizdagi qandaydir afzalliklarni körsatib berişimiz zarur böladi. Ya’ni nima uçun aynan özbek milliy mahsulotidan foydalanişimiz kerak? U ayni paytda mavjud ijtimoiy tarmoq va messenjerlardan qandaydir afzalliklarga ega bölişi şart. Mana şu raqobatdan öta olsagina u muvaffaqiyatli startap böladi. Bu birdan bölmaydi, yillar ketadi bunga. Yillar davomida rivojlanib, takomillaşib yaxşi milliy mahsulotga aylanişi mumkin.
Boşqa davlatlarni misol qiladigan bölsak, masalan, Janubiy Koreyada Facebook, Instagram kabilardan foydalanişmaydi, özlarining mahalliy dasturlarini işlatişadi. Hattoki Google’ning örniga milliy qidiruv tizimini yaratişgan. Bu platformalar ön yillar davomida rivojlanib kelgan. Bizda ham jarayon xuddi şunday tabiiy keçişi kerak, ya’ni davlat tomonidan joriy etilişi kerak emas.
Bu narsa bilan davlat şuğullanadigan bölsa, bu yerda ikkita muammo bor. Birinçisi, bu – dasturiy mahsulot işlab çiqariş. Bu yerda töğridan töğri muammo bölmasligi mumkin, lekin mahsulotni tatbiq qiliş, ommaga yoyiş, marketing, reklama qiliş kabilarda davlatning aralaşuvi samarasiz, ya’ni bu işlarni amalga oşirişda qiynaladi. Natijada har doimgidek monopoliya yoki majburlaş kabi usullarga ötişi mumkin. Ya’ni çet el ijtimoiy tarmoqlarini bloklab, foydalanuvçilarni mahalliy mahsulotlardan foydalanişga majburlaşi ehtimoli bor va bu narsa öz-özidan salbiy oqibatlarga olib keladi.
Mahalliy mahsulotning davlat tomonidan işlab çiqarilişi yoki moliyalanişi odamlar işonçsizligiga ham olib keladi. Çunki milliy ijtimoiy tarmoq davlat homiyligida işlab çiqarilgandan keyin har bir post, har bir izoh nazorat ostida böladi. Bunday vaziyatda foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari xavfsizligi qanday ta’minlanadi? Bunga hali odamlarimizning işonçi yuqori emas.
Yana bitta muammo davlat bu narsani keyinçalik texnik tomondan qanday qilib ta’minlab boradi? Çunki ijtimoiy tarmoqlarni serverlar va elektr energiyasi bilan doimiy ravişda ta’minlab boriş kerak. Bu esa juda katta resurs talab qiladi. Ya’ni yiliga millionlab dollarlar ajratilişi talab etiladi, buning ustida minglab mutaxassislar işlaşi kerak. Bu işlarni kim böyniga oladi? Xususiy sektormi yoki davlat?
Xulosa şuki, bunday loyihalar odatda Rossiya misolida gapiradigan bölsak ham, katta-katta xususiy kompaniyalar tomonidan qilinadi. Albatta, vaqt ötişi bilan bular ham davlat nazoratiga ötadi, ya’ni Özbekistondagi qonun hujjatlari asosida işlay boşlaydi. Lekin şunga qaramay bu iş bilan xususiy sektor şuğullanişi kerak deb öylayman.
“Vazirlik fundamental izlanişlarni qöllab-quvvatlaşi kerak”
Bahodir Ahmedov, Akfa universiteti dekani:
— Milliy messenjer yaratilişi uçun tender e’lon qilinganidan xabarim bor. Bu masalada mening fikrim salbiy. Mamlakatimizda Telegram messenjeri juda ham maşhur. Ba’zi ma’lumotlarga qaraganda, Özbekistonda Telegram’ning 18 milliondan ortiq aktiv foydalanuvçilari bor.
Telegram’ning eng katta afzalliklaridan biri bu trafikning kam işlatilişi va xabarlarning xavfsiz saqlanişi. Bu narsalarga erişiş uçun, rasm va videolar juda ilğor algoritmlar orqali ixçamlaştiriladi. Yoki bölmasam, har qanday xabar juda murakkab texnologiyalar yordamida şifrlanadi. Men özim aynan mana şu sohalarda dars ötaman va ilmiy faoliyatimni olib boraman.
Öylaşimça, Innovatsion rivojlaniş vazirligi fundamental izlanişlarni, ya’ni aynan şunaqa algoritmlar, texnologiyalar yaratilişini qöllab-quvvatlasa, sohaga köproq hissa qöşgan bölardi. Çunki xususiy sektorning fundamental izlanişlarga, uzor muddatli investitsiyalar kiritişga imkoniyati yöq. Lekin keyinçalik, uşbu yaratilgan texnologiyalarni işlatgan holda, messenjerlar va boşqa servislarni samarali ravişda yarata olişadi.
“Raqobatbardoş messenjer yaratiş hozirgi Özbekiston şaroitida amalga oşişiga közim yetmaydi”
Farhod Fayzullayev, Muloqot.uz ijtimoiy tarmoği va “Daryo” internet-naşri asosçisi, IT sohasi mutaxassisi:
— Nazariy jihatdan milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq işlab çiqariş mumkin va u ommabop bölişi ham mumkin. Biroq faqat nazariy jihatdan olib qaraganda. Milliy platformalar ommalaşişi, odamlar tomonidan keng foydalanişi uçun ularning öziga xos jihatlari bölişi talab etiladi.
Masalan, Telegram’ni oladigan bölsak, uning mas’ullari doimo özlarining eng xavfsiz platforma ekanliklarini, heç kim foydalanuvçilarning yozişmalarini köra olmasligini, xavfsizlik xizmatlariga foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlari taqdim etilmasligini ta’kidlab kelişadi. Bundan taşqari, Telegram biz tez işlaymiz, messenjerimiz internet sifati yuqori bölmagan joylarda ham işlaydi, köp traffik talab qilmaydi deya reklama qilişadi va bu bor gap.
Demoqçi bölganim, milliy messenjer yoki ijtimoiy tarmoq işlab çiqilganda, heç kimda, boşqa heç bir platformada yöq imkoniyatlar, öziga xoslik bölişi kerak. Oldin TasIX degan narsalar bölardi, hozirga kelib uning umuman ahamiyati qolmagan. Endi odamlarni jalb qila oliş uçun qandaydir “fişka” öylab topiş kerak.
Amaliy jihatdan qaraydigan bölsak, unaqa platformalarni öylab topiş va işlab çiqiş mumkin, biroq unga millionlab dollar pul sarflaşga töğri keladi. Undan ham muhimi, şu işni amalga oşira oladigan kadrlar kerak böladi. Faqatgina dasturçilarni aytmayapman, birinçi örinda dasturçilar kerak, töğri, lekin ularga dizaynerlar, marketologlar yordam berişi talab etiladi.
Bundan taşqari, milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq risoladagidek işlaşi uçun infratuzilma, serverlar, internet va hokazolar zarur. Agar döppini olib qöyib öylanadigan bölsa, buning uçun juda köp narsa kerakligi ma’lum böladi.
Bunday kölamdagi işni hozirgi Özbekiston şaroitida amalga oşirişga mening közim yetmaydi. Çunki resurs yöq. Resurs bölganda balki qilsa bölardi. Masalan, Rossiyani olib körsak ham, IT böyiça juda yaxşi yutuqlarga erişgan, lekin 90-yillardan boşlab, ya’ni raqobat kamroq paytda bozorga kirib kelişgan. Lekin hozir hamma yoq tölib ketgan, aqlga siğar-siğmas segmentlar egallab bölingan paytda milliy mahsulot yaratiş uçun juda katta pul va resurs kerak bozorga kiriş uçun. Özbekiston şaroitida buni amalga oşirib bölmaydi va bekordan bekor pullar havoga sovuriladi.
“Innovatsion degan sousga qoriştirilgan” turli elektron kitoblar, luğatlar, mobil dasturlar, internet saytlar, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimlari...
Şavkat Hamidjonov, dasturçi, IT mutaxassisi:
— Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq işlab çiqiş – mablağni havoga sovuriş yoki şunçaki pul yuviş deb bilaman. Bungaça ham bunday urinişlar bölgan: Sinfdosh.uz, Davra.uz nomli milliy ijtimoiy tarmoqlar, Anor, UzChat nomli messenjerlar bor edi. Qani hozir ular? Işlayaptimi? Yöq!
Messenjer – bu juda resurstalab loyiha. Juda kuçli va katta serverlar kerak böladi, uning ustida kuçli dasturçilar işlaşi talab etiladi. Telegram’ni odamlar nima uçun yoqtirişadi? Avvalo, tezligi uçun. Mamlakatimizdagi internet tezligi va sifatiga havas qilib bölmaydi. Lekin Telegram internet eng sekin işlaydigan hududlarda ham yaxşi işlab turibdi. Yaratiladigan milliy messenjer unga raqobatçi bölişi kerak, bunga unça-munça dasturçining ham közi yetmasa kerak.
Hozir davlat organlarida işlovçilarning özlari ham Telegram’da muloqot qilişsa va xat-hujjat almaşişsa kerak. Axborot xavfsizligi jihatdan buning salbiy oqibatlari bölişi mumkinligini inkor etib bölmaydi. Şu bois davlat xizmatçilari axborot va ma’lumot almaşişida foydalanadigan tizimlarni takomillaştiriş kifoya.
Bu loyiha xususiy biznesdan çiqsagina rivojlanişi mumkin. Startap sifatida boşlanişi va ma’lum rivojlaniş istiqbollari bölsa, loyiha va uning asosidagi jamoa işonçga kirganda xususiy investorlar tomonidan jon-jon deb moliyalaştiriladi. Bunga davlat yoki xalq pulidan şakllantiriladigan fondlardan pul sarflaş şart emas.
Agar bizda ham milliy ijtimoiy tarmoq işlab çiqilsa va rivojlantirilsa bundan faqatgina xursand böliş mumkin, lekin bu xalq puliga emas, xususiy taşabbus bölişi kerak. Umuman olganda, ijtimoiy foydasi bölmagan turli “innovatsion” loyihalar haqida ham fikrim – şu. Innovatsion degan sousga qoriştirilgan turli elektron kitoblar, luğatlar, mobil dasturlar, internet saytlar, ma’lumotlar bazasi, axborot tizimlari... Davlat çöntagidan pul oladigan bu kabi loyihalar marhamat xususiy investorlar va vençurlardan pul olişsin agarda haqiqatdan foydali bölişsa.
Vazir: “Bu – uzoqni közlab qilinayotgan iş”
Milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratiş böyiça tanlov e’lon qilingani jamoatçilik tomonidan salbiy kutib olingaç, Innovatsion rivojlaniş vazirligi rasmiy bayonot bilan çiqdi. Unda milliy messenjer yaratiş Özbekiston Respublikasining 2022-2026 yillarda innovatsion rivojlaniş strategiyasida ham borligi va bu vazifa iqtisodiyot tarmoqlarining real talabidan kelib çiqib şakllantirilgani ta’kidlanadi.
“Xalqaro tajriba, bozor talabi va mavjud messenjerlarning afzalligi va kamçiliklaridan kelib çiqib, eng kuçli loyihalar moliyalaştiriladi. Öz navbatida, bunday messenjerni yaratiş va undan keng foydalanişiga erişiş uçun katta tarğibot işlari olib borilişi kerakligini ham tuşunamiz. Yaratilişi lozim bölgan milliy messenjer hozirda aholimiz foydalanayotgan messenjerlardan afzal bölsagina, u ommalaşişi mumkin.
Şu örinda Xitoyda foydalaniladigan WeChat nafaqat aloqa va fayllar bilan almaşinuv vositasi, balki tölaqonli işlaydigan tölov tizimi, şaxsiy guvohnoma hamdir. U Facebook, WhatsApp, Skype kabi ijtimoiy tarmoqlarning örnini bosuvçi imkoniyatlarga ega, u orqali hatto taksi çaqiriş ham mumkin. Milliy messenjerimiz ham mavjud messenjerlardan afzalliklarga ega bölsa, undan barça foydalanişi şubhasiz”, deyiladi bayonotda.
Kun.uz mavzuga doir savollar bilan innovatsion rivojlaniş vaziri Ibrohim Abdurahmonovga murojaat qildi. Uning aytişiça, milliy ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratişga harakat qilinayotgani milliy xavfsizlik, axborot xavfsizligi masalasi bilan boğliq.
“Facebook, Twitter singari xalqaro darajada şuhratga erişgan ijtimoiy tarmoqlar bölgani bilan Özbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratişga harakat qilinayotgani milliy xavfsizlik, axborot xavfsizligi masalasi bilan boğliq. Ayni paytda özbekistonliklar faol foydalanayotgan ijtimoiy tarmoq va messenjerlar çet el kompaniyalariga tegişli.
Ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilariga oid har qanday ma’lumotlar sotiladi, ya’ni Facebook ham, Twitter ham foydalanuvçilarning qanday ma’lumotlarni qidirayotgani, qanday videolarni tomoşa qilayotgani, nimalarga qiziqiş bildirayotgani haqidagi axborotlarni turli kompaniyalarga pullaşadi. Bu bugungi kunda heç kimga sir emas. Bugun qaysidir platformada berilayotgan bitta reklamani körsak, keyinçalik lentamizda xuddi şunday mazmundagi önlab reklamalar paydo bölişi bizning ma’lumotlarimiz, biz haqimizdagi axborotlar tinimsiz ravişda qayta işlanayotganini anglatadi.
Qolaversa, bu yerda şaxsga doir ma’lumotlarning daxlsizligi masalasi ham bor. Özimiz ham ijtimoiy tarmoqlardan foydalanamiz. Bizning suratlarimiz, şaxsiy ma’lumotlarimiz çet eldagi serverlarda saqlanadi. Tasavvur qilaylik, ertaga mabodo Facebook yoki Twitter birdaniga yöqolib qolsa, odamlarning bir neça yillik ma’lumotlari ham yöq bölib ketişi ehtimoli bor. Şuning uçun ham har bir mamlakatda uşbu ijtimoiy tarmoq foydalanuvçilarining ma’lumotlari saqlanadigan serverlar bölişi kerak.
Hozirgi geosiyosiy vaziyatda ijtimoiy tarmoqlar jamoatçilik fikrini şakllantiriş platformasiga aylanib qolayotgani, ayrim hollarda röy berayotgan voqea-hodisalarni notöğri talqin qiliş, feyk xabarlarni tarqatiş holatlari kuzatilayotganini körib turibmiz. Şu bois bunday vaziyatda töğri va xolis axborot bilan tanişiş imkonini beradigan özimizning muqobil platformalarimiz bölişi kerak.
Bizga tadbirkorlardan, ilmiy hamjamiyatdan milliy ijtimoiy tarmoq va axborot almaşişni ta’minlovçi messenjerlarni yaratiş böyiça taklif kelib tuşgan. Çetdan qaraganda bunga hozir ehtiyoj yöqday körinişi mumkin, lekin taşabbuskorlar va mutaxassislar buning zaruratini asoslab berişgan. Uşbu takliflardan kelib çiqib, axborot xavfsizligini ta’minlaş nuqtayi nazaridan mana şu tanlovni e’lon qildik.
Bu tanlov birinçi marta qilingani yöq, milliy messenjerga tanlovni bir neça yil bölgan, oldin boşlaganmiz. Öz ğoyasini yangi algoritmlar, yangi platforma, yangi interfeyslar bilan asoslab bergan loyiha mualliflari tanlovda ğolib çiqişlari ehtimoli yuqori.
Öylaymanki, agar interfeysi zamonaviy va qulay bölsa, hozir mavjud ijtimoiy tarmoqlarda yöq afzalliklarga ega bölsa, özbekistonliklarning milliy platformalarga örganib ketişi, könikişi va foydalanişida muammo bölmaydi. Qolaversa, yuqorida aytganimday, maşhur ijtimoiy tarmoq va messenjerlar kutilmaganda işlamay qolsa, sizda ham, menda ham milliy mahsulotni işlatişdan boşqa çora qolmaydi. Albatta, milliy mahsulotimizni ommalaştiriş oson bölmaydi, uning marketingi ustida puxta işlaş kerak böladi. Ammo Facebook ham, Twitter ham birdaniga paydo bölib, maşhurlikka erişmagan. Ularni ommalaştiriş uçun ham maxsus strategiyalardan foydalanilgan”, deydi Ibrohim Abdurahmonov.
Vazirning işontirişiça, yangi ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratilib, amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq qilingan taqdirda Özbekiston hududida Facebook, Instagram, WhatsApp, Twitter, Snapchat, Telegram kabilar bloklanmaydi.
“Xorijda yaratilgan, hozir ommabop bölgan platformalar egalari heç qaçon öz serverlarini Özbekistonga köçirişga rozi bölişmaydi, foydalanuvçilarning şaxsiy ma’lumotlarini taqdim etişmaydi, buni ulardan söraşning keragi ham yöq. Çunki bu pul turadi. Bekorga ular foydalanuvçilar haqidagi ma’lumotlarni yiğişmayapti. Bu judayam katta bozor. Axborot bozori. Biz millat sifatida özimizning axborotimizni kimlardir foydalanib sotişiga qarab ötiribmiz. Şundan kelib çiqib, axborot xavfsizligi, kiberxavfsizlik, axborot almaşinuvi masalalari va bugungi kunda faollaşgan axborot savdosi muqobil platformalarni yaratişimiz kerakligini körsatmoqda.
Qolaversa, bizda ham raqamlaştirilgan jamiyat şakllanib boryapti. Elektron tijorat, elektron xizmat körsatiş bilan şuğullanuvçi korxonalar soni köpayib bormoqda. Şulardan kelib çiqib, bu borada milliy mahsulot işlab çiqiş harakati boşlandi. Har kim buni turliça tuşunişi mumkin, lekin bu – uzoqni közlab qilinayotgan iş.
Yangi ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratilib, amaliyotga muvaffaqiyatli tatbiq qilingan taqdirda bu Özbekiston hududida Facebook, Instagram, WhatsApp, Twitter, Snapchat, Telegram kabilar bloklanadi degani emas. Bu faqatgina ular bilan bemalol raqobatga kirişa oladigan, özida saqlanayotgan axborotlarni himoya qila oladigan platforma paydo bölişini anglatadi, xolos. Hozir özbekistonda Telegram bilan kim raqobatlaşa oladi? Heç kim! Şu bois bu jarayonlarni tartibga solişga ehtiyoj bor. Qançalik oğir bölmasin, boşqalardan qançalar orqada qolgan bölmaylik, axborot makonida öz milliy mahsulotimiz bölişi kerak va şu niyatda bu tanlov e’lon qilingan”, deydi u.
Ibrohim Abdurahmonovga köra, milliy messenjer va ijtimoiy tarmoq yaratiş uçun ajratiladigan mablağ miqdori çegaralanmagan. Tanlovda asosan tadbirkorlar, IT korxonalar, xususiy sektor vakillari, ya’ni davlatga tegişli bölmagan sub’yektlar qatnaşişlari mumkin. Vazir milliy ijtimoiy tarmoq va messenjerni işlab çiqişga ketadigan pulning bir qismini davlat grant sifatida ajratişi, qolganini loyiha mualliflari özlari topişlari kerakligini ta’kidladi.
Uning qayd etişiça, şundan söng davlat öyindan çiqadi, ya’ni yaratiladigan mahsulot davlat mulki hisoblanmaydi, aksinça loyiha mualliflari kelajakda özlarini özlari rivojlantirişlari kerak böladi.
Şu paytgaça 32 ta uriniş muvaffaqiyatsizlikka uçragan
Özbekistonda milliy ijtimoiy tarmoq va messenjer yaratiş haqidagi gap-sözlar endi paydo bölgani yöq. Daryo.uz naşri hozirgaça 32 ta ana şunday uriniş bölgani, 2022 yilga kelib ularning barçasi yopilib ketgani haqida yozdi.
Ta’kidlanişiça, loyihalarning aksariyati muvaffaqiyatli xorijiy kompaniyalarning nusxalari bölgan. Xususan, UzFace, YouFace – Facebook’ning, Drug.uz – VKontakte'ning, Bamboo.uz – Twitter'ning, Sinfdosh.uz – Odnoklassniki'ning nusxasi bölgan.
Şuningdek, UzChat messenjeri, Doira.uz, Davra.uz, Muloqot.uz, Mening olamim (Olam.uz sayti tarkibida, Rossiyadagi “Moy Mir”ning nusxasi) kabi platformalar yaratilgan. Ular orasida eng uzoq işlagani Muloqot.uz bölib, 7 yil mavjud bölgan uşbu loyiha 2018 yilda yopilgan edi.
2017 yilda Telegram va WhatsApp kabi messenjerlarning milliy muqobili – Uzphone'ni işlab çiqiş boşlangandi. Yuqoridagi loyihalarning deyarli barçasi davlat tomonidan moliyalaştirilgandi.
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi
Central Asia International Hardware Expo - Markaziy Osiyo quriliş asboblari, uskunalari va mahkamlaş buyumlari bozoriga töğridan-töğri çiqiş imkoniyati
Özbekiston volframi xalqaro eʼtirofga sazovor böldi
Puçon va KT&G Yaşil taşabbusni boşlamoqda
Laboratoriya sokinligining ham harorati bor: Özbekiston uçun Smolensk uskunalari
Uztelecom tarmoği modernizatsiyasi: yölning 90 foizi ortda qoldi. Oldinda yana qanday işlar bor?
Pauzasiz endoskopiya: muolaja xonasi eşigi ortida nimalar sodir böladi?
Yiliga 25 mingdan ortiq yangi uskuna: Özbekistonda $50 mln investitsiya hisobidan “NURA Electric” elektrotexnika majmuasi işga tuşirildi