“Mashaqqat ortida, albatta, yengillik bor” - Shavkat Mirziyoyev ITB sammitidagi nutqida Qur'on va hadisdan iqtiboslar keltirdi
Toshkentda Islom Taraqqiyot Banki boshqaruv kengashining 46-yillik anjumani ochilish marosimi bo‘lib o‘tmoqda. Tadbir avvalida O‘zbekiston madhiyasi yangradi, so‘ng Qur'on tilovat qilindi. Marosimda prezident Shavkat Mirziyoyev so‘zga chiqdi va o‘z nutqini “Bismillahir rohmanir rohim!” deya boshladi.

Prezident so‘zi avvalida yig‘ilganlarni O‘zbekistonda ko‘rib turganidan mamnunligini bildirdi.
“Albatta, Bankning yillik anjumani Toshkentda o‘tkazilishi o‘ziga xos ramziy ma'noga ega. Biz buni O‘zbekistonning islom dunyosi rivojiga qo‘shgan hissasi, shuningdek, mamlakatda so‘nggi 5 yil davomida olib borilayotgan izchil islohotlarning e'tirofi deb hisoblaymiz”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Davlat rahbari o‘z so‘zida pandemiya bo‘lishiga qaramay, anjumanni jonli ravishda o‘tkazishga imkon bo‘lganini qayd etdi.
“O‘zbek xalqining buyuk ajdodi, butun musulmon olamining ulug‘ namoyandasi imom Al-Buxoriy hazratlari jamlagan “Sahihi Buxoriy” kitobida zikr etilgan hadisi sharifda aytilganidek, “Albatta, amallar niyatga bog‘liqdir”.
Barchamiz xolis niyat qilgan ekanmiz, Yaratganning marhamati bilan bugun Islom Taraqqiyot Banki guruhining yillik uchrashuvini jonli ravishda o‘tkazishga muvaffaq bo‘lyapmiz.
Ta'kidlash joizki, mazkur tadbir pandemiya boshlangandan beri dunyodagi xalqaro moliyaviy institutlar orasida birinchi bo‘lib tashkil etilgan nufuzli anjumandir”, – deya ta'kidladi prezident.
Shavkat Mirziyoyev Islom Taraqqiyot Bankining yangi prezidenti etib saylangan Sulaymon Al-Jassirni qutladi.
“Menga berilgan ushbu qulay imkoniyatdan foydalanib, Islom Taraqqiyot Bankining barcha a'zo davlatlari vakillari nomidan hurmatli birodarimiz – Al-Jassir janoblarini bank prezidenti lavozimida ish boshlagani bilan muborakbod etaman.
Muhtaram Al-Jassir janoblari! Bu yuksak lavozimdagi faoliyatingizni O‘zbekistonga tashrifdan boshlayotganingiz chuqur ramziy ma'noga ega. Shu sababli yurtimiz bilan hamkorlik Sizning mas'uliyatli va sharafli faoliyatingizning muhim qismiga aylanadi, deb ishonaman.
Mamlakatimiz timsolida Siz yaqin hamkor va sadoqatli do‘st topdingiz, desam, mubolag‘a bo‘lmaydi. Zimmangizdagi ezgu vazifani ado etishda Alloh taolo Sizni hamisha qo‘llasin!” – dedi O‘zbekiston prezidenti.
Davlat rahbari o‘z nutqida koronavirus pandemiyasiga to‘xtalib, uni nafaqat katta sinov, balki hamkorlikni chuqurlashtirish uchun imkoniyat sifat ko‘rish zarurligini qayd etdi.
“Bugun, insoniyat katta sinovlarni boshidan kechirayotgan bir vaqtda, davlatlarimiz koronavirus pandemiyasining iqtisodiy va ijtimoiy oqibatlarini yengib o‘tish bo‘yicha ta'sirchan choralar ko‘rish zarurligini hayotning o‘zi taqozo etmoqda. Kovid pandemiyasi biz faqat uzviy hamkorlik va o‘zaro ko‘maklashish orqali zamonaviy muammolarga qarshi tura olishimiz mumkinligini ko‘rsatdi.
Darhaqiqat, Qur'oni Karimning “Sharh” surasida aytilganidek: “Mashaqqat ortida, albatta, yengillik bordir”.
Ya'ni, jahon miqyosida hanuz davom etayotgan pandemiya – bu nafaqat katta sinov, balki hamkorligimizni yangi bosqichga olib chiqishga sharoit yaratadigan imkoniyat sifatida qabul qilinishi lozim”, – dedi Shavkat Mirziyoyev.
Tavsiya etamiz
500 milliard dollarlik nafrat: Tramp nega Zelenskiyni yomon ko‘rib qoldi?
Jahon | 22:53 / 21.02.2025
Trampdan Putinga navbatdagi «sovg‘a»: AQSh prezidenti Zelenskiy saylovda yengilishiga ishora qildi
Jahon | 23:06 / 19.02.2025
Muzokarami yoki gurung: AQSh va Rossiya bosh diplomatlari uchrashuvi haqida
Jahon | 20:38 / 19.02.2025
Pensiyani avtomatik tayinlashga o‘tilmoqda. Asosiy savollarga javoblar
Iqtisodiyot | 16:58 / 19.02.2025
So‘nggi yangiliklar
-
Toshkentda 4 ta mashina ishtirokida YTH sodir bo‘ldi
O‘zbekiston | 02:01
-
Germaniyadagi parlament saylovlari: kansler Olaf Shols mag‘lubiyatini tan oldi, Mers esa tezda hukumat tuzishini aytdi
Jahon | 01:00
-
Ilon Mask Ukraina Starlink tizimidan uzib qo‘yilishi mumkinligi haqidagi xabarlarni rad etdi
Jahon | 23:45 / 23.02.2025
-
APL. «Liverpul» «Etihad»da «Siti»ni mag‘lub etdi, Husanov to‘liq o‘ynadi
Sport | 23:36 / 23.02.2025
Mavzuga oid

20:48 / 09.10.2024
Buxoroning yangi aeroporti soatiga 8 ta samolyotga xizmat ko‘rsatadi

21:49 / 08.10.2024
Mirziyoyev MDH sammitida ko‘ptomonlama hamkorlik barcha yo‘nalishlarda rivojlanganini yuqori baholadi

19:31 / 06.10.2024
Shavkat Mirziyoyev Rossiyaga boradi

16:30 / 01.10.2024