Özbekistonlik siyosatşunoslar öz fanlarini himoya qilib çiqişdi.

Bundan oldinroq, Özbekiston Respublikasi Oliy va örta maxsus ta'lim vazirining buyruğiga binoan Özbekistonda Siyosatşunoslik fani bakalavriat yönalişi öquv rejalaridan çiqarilgani haqida xabar berilgandi.

Bunga mustaqillik davrida Siyosatşunoslik fani böyiça olimlar tomonidan bir qator adabiyotlar çop etilgani, lekin ularning tahlili bu darslik va öquv qöllanmalar mavzularining yoritilişi, mazmun-mohiyatining talabalarga yetkazib berilişi böyiça bir-biridan deyarli farq qilmasligini körsatgani, şuningdek, mazkur adabiyotlarning ba'zilarida bir qator mavzular Ğarbda keng tarqalgan nazariyalar töğrisida ma'lumot berişga asoslangan bölib, özimizga xos taraqqiyot yölimiz, “Özbek modeli”ning asosiy tamoyillarini atrofliça tuşuntiriş, islohotlarning mazmun-mohiyatini talabalar ongiga yetkaziş, eng muhimi, ularda yoşlarimizning mamlakatdagi bunyodkorlik işlarida faol va ongli iştirokini ta'minlaşning amaliy mexanizmlari yetarli darajada körsatilmagani sabab sifatida keltirilgandi.

Özbekistonlik siyosiy fanlar nomzodi Farhod Tolipov özining feysbukdagi sahifasida bu fan va şu fan doirasidagi hamkasblari manfaatlarini himoya qilgan holda vazirlikning qaroriga öz qarşiligi va e'tirozlarini bildirib ötgan.

"Sukunat – rozilik alomati. Biz esa Özbekistonda siyosatşunoslikni öqitiş bekor qilinişiga rozi emasmiz.

Özbekiston siyosatşunoslari uçun “köz oçiş” vaqti keldi.

Biz Oliy va örta maxsus ta'lim vaziri A.Vahobovning mamlakat oliy öquv yurtlarida siyosatşunoslik fani öqitilişini bekor qiliş haqidagi ötaketgan noörin qaroriga qarşimiz. Bu qaror, a'zolari siyosatşunoslik faniga deyarli aloqasi bölmagan işçi guruhning taklifi asosida qabul qilingan. Ilm-fanga öz hissasini qöşmasdan, arang siyosiy fanlar doktori ilmiy darajasini olişga erişib, kursiga ötirib olgan bu qadimçi amaldorlar siyosatşunoslik fanini soxta fan deb e'lon qildilar. Aslida, bu bilan ular özlari soxta olim ekanligilarini isbotladilar.

Lekin biz bu qarorga rozi emasmiz va öz fanimizning muhofazasiga bel boğladik. Biz siyosatşunoslikni öz kasbimiz deb tanlaganmiz va bu fanni kasb va öquv fani sifatida bekor qilinişi bizni qattiq ranjitdi. Mustaqil Özbekistonning ilk yillaridanoq minglab yoş siyosatşunos mutaxassislar diplom olgan, ularning salmoqli qismi fan nomzodi yoki doktori ilmiy darajalariga ham ega. Agar siyosatşunoslik fan bölmasa, unda davlatimiz öqitgan bu mutaxassislar kim endi?