Bu haqda Boş prokuratura Murojaatlar bilan işlaş boşqarmasi boşliği örinbosari Murodiljon Möminov iştirokidagi brifingda axborot berildi.

Hisobotga köra, kelib tuşgan murojaatlarning 59,5 foizi bevosita prokuratura organlarida hal etilgan. Qanoatlantirilgan murojaatlardan taşqari, 126 058 ta murojaat böyiça huquqiy tuşuntiriş berilgan.

Prezident Virtual va Xalq qabulxonalari orqali kelgan 142 884 ta murojaatning 119 690 tasi prokuratura organlarida körib çiqilgan. Şulardan 30 326 tasi qanoatlantirilgan, 84 652 tasi böyiça tuşuntiriş berilgan.

Eng köp murojaat - tergov masalalarida

Prokuraturaga kelib tuşgan murojaatlarda quyidagi masalalar eng köp kötarilgan:

  • içki işlar organlaridagi tergovga qadar tekşiruv, suriştiruv va tergov - 45 313 ta;

  • moddiy yordam, nafaqa, bola puli, tibbiy xizmat, bank-kredit va boşqa ijtimoiy-iqtisodiy masalalar - 39 042 ta;

  • sud va boşqa organlar hujjatlarini ijro etiş, jumladan, aliment undiriş hamda MIB xodimlarining harakatlari - 21 257 ta.

Ayrim yönalişlarda murojaatlar soni ötgan yilga nisbatan oşgan. Fuqarolik işlari böyiça sud qarorlariga oid murojaatlar 1891 tadan 4090 taga, jazoni ijro etiş muassasalari xodimlarining noqonuniy xatti-harakatlari haqidagi murojaatlar esa 3299 tadan 4443 taga köpaygan.

Hisobot davrida 3636 ta takroriy murojaat kelib tuşgan. Ularning eng köpi sud hujjatlari ijrosi va aliment undiriş, içki işlar organlaridagi tergov hamda ijtimoiy-iqtisodiy masalalarga tegişli.

Beş mingdan ortiq mahallada sayyor qabul ötkazilgan

Töqqiz oy davomida prokuratura xodimlari jami 220 240 kişini qabul qilgan. Şundan 60 371 nafari sayyor va ommaviy qabullarda iştirok etgan.

Iqtisodiy va ijtimoiy ahvoli nisbatan oğir bölgan 5038 ta mahallada ham sayyor qabullar taşkil etilgan. Ularda 28 156 nafar fuqaro va yuridik şaxs vakili murojaat qilgan. Kötarilgan masalalarning 13 548 tasi joyida ijobiy hal etilgani bildirilgan.