Bu – yangi tahrirdagi konstitutsiyani röyobga çiqarişga doir prezident farmonida belgilandi.

Şuningdek, hujjatga binoan, 2023 yil 1 sentabrdan boşlab, Özbekiston fuqarosi hisoblangan va 18 yoşgaça bölgan bolalar madaniy meros obektlariga, jumladan körgazmalar, tarixiy obidalar va ziyoratgohlar, şuningdek, davlat muzeylariga tölovsiz kirişi mumkin böladi.

Oliy Majlis palatalariga bola huquqlari, erkinliklari va qonuniy manfaatlarini ta’minlaş hamda himoya qiliş, bolaning jismoniy, aqliy va madaniy jihatdan töliq rivojlanişi uçun munosib şart-şaroitlarni yaratiş maqsadida “Özbekiston Respublikasi Oliy Majlisining Bola huquqlari böyiça vakili (Bolalar ombudsmani) töğrisida”gi qonun loyihasini qisqa muddatda qabul qiliş tavsiya etildi.