Joriy yilning 1 mart holatiga fuqarolar 2022 yil uçun nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va maktablarda ta’lim oliş uçun yönaltirgan daromadlari böyiça 17,7 mlrd söm soliq imtiyozidan foydalangan. 

Soliq qömitasi xabariga köra, 9 731 nafar fuqaro jami yillik deklaratsiya topşiriş orqali 15,3 mlrd söm daromad soliği summasini qaytarib olgan, 1 079 ta korxona va taşkilotlarda işlovçi 1 698 nafar fuqaroga iş beruvçi tomonidan tölov manbaida 2,4 mlrd sömlik daromad soliğidan imtiyoz qöllanilgan.

2022 yil 1 apreldan farzandlariga nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va (yoki) maktablar körsatadigan ta’limga oid xizmatlar uçun ota-ona (farzandlikka oluvçilar) tomonidan har bir farzand uçun tölanadigan oyiga 3 mln sömgaça bölgan tölovlariga yönaltiriladigan daromadlari soliq solinmaydigan daromadlar tarkibiga kiritilgan.

Soliq kodeksi 378-moddaga köra, ota-onalar tomonidan nodavlat maktabgaça ta’lim taşkilotlari va maktablarga tölovlarni iş haqidan pul ötkaziş yöli bilan tölagan bölsa, soliq imtiyozi (iş beruvçi tomonidan) tölov manbaida qöllaniladi. 2022 yilda ta’lim uçun tölov jismoniy şaxs tomonidan mustaqil ravişda (naqd pul, banklardagi omonat va plastik kartalardan foydalangan holda) amalga oşirilganda, soliq çegirmasi soliq organlariga jami yillik daromadlar töğrisidagi deklaratsiyani joriy yilning 1 apreliga qadar topşiriş yöli orqali beriladi.