Qoʻshimcha funksionallar
-
Tungi ko‘rinish
Jozep Borrel O‘zbekistonga keladi
Samarqandda «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklidagi tadbirlar bo‘lib o‘tadi.
Foto: Getty Images
17-18 noyabr kunlari Samarqand shahrida «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» shaklida vazirlar uchrashuvi va «Yevropa Ittifoqi – Markaziy Osiyo» o‘zaro bog‘liqlik: «Barqaror rivojlanish uchun global darvozalar» mavzusidagi xalqaro konferensiya bo‘lib o‘tadi.
Tadbirlarda Markaziy Osiyo mamlakatlari tashqi ishlar idoralari rahbarlari, Yevropa Ittifoqi tashqi ishlar va xavfsizlik siyosati bo‘yicha oliy vakili Jozep Borrel, Yevropa Ittifoqiga a’zo davlatlar yuqori martabali rasmiylari, xalqaro moliya institutlari, xususiy sektor, ekspert doiralari, fuqarolik jamiyati vakillari ishtirok etadilar.
Vazirlar uchrashuvi doirasida Markaziy Osiyo mamlakatlari va Yevropa Ittifoqi mamlakatlari o‘rtasida iqtisodiyot, savdo, investitsiya, atrof-muhit, suv resurslari, iqlim, zamonaviy xavf va tahdidlarga qarshi kurashish sohalaridagi hamkorlikni yanada rivojlantirish masalalarini muhokama qilish rejalashtirilgan. Tadbir doirasida «Yevropa Ittifoqi-Markaziy Osiyo» birinchi yoshlar forumi ham bo‘lib o‘tadi.
Xalqaro konferensiya Yevropa Ittifoqining Global Gateway tashabbusiga muvofiq, barqaror o‘zaro bog‘liqlikni rag‘batlantirish, yashil rivojlanishni qo‘llab-quvvatlash va COVID-19 pandemiyasi oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha kelishilgan chora-tadbirlarni ishlab chiqish maqsadida Yevropa Ittifoqi va Markaziy Osiyo mamlakatlari o‘rtasidagi hamkorlikni rivojlantirishga qaratilgan.
Mavzuga oid
15:44 / 16.01.2026
YeI chegaralarini noqonuniy kesib o‘tishlar soni 26 foizga kamaydi
23:20 / 15.01.2026
Grenlandiyani AQShdan himoya qilishning uchta varianti bor – The Economist
10:23 / 10.01.2026
YeI–Janubiy Amerika: erkin savdo kelishuvi bo‘yicha qaror qabul qilindi
22:45 / 06.01.2026